So’nggi yangiliklar

09:24Ҳусановнинг ҳимоядаги шериги ҳамюртимизнинг дебюти ҳақида фикр билдирди  9 08:52Суперлиганинг икки клуби бош мураббийи билан шартномани узайтирди  0 08:24Sofascore. Бир бўлим ҳаракат қилган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди  2 07:50Бугун Ўзбекистон МТЖ Иорданияга қарши баҳс олиб боради  14 07:34Ўртоқлик учаршуви. «Пахтакор» Қозоғистон жамоасини мағлуб этди  0 02:54Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Валенсия"га 7та гол урди!  57 01:55АПЛ. Лисандро Мартинеснинг голи МЮга меҳмонда "Фулхэм"га қарши ўйинда ғалабани тақдим этди  13 01:48Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Насср" ўз уйида "Ал Фотиҳ"ни мағлуб этди, Роналдудан гол  1 00:38Каземиро Туркияга йўл олиши мумкин  0 00:03А Серия. "Интер" меҳмонда "Лечче"ни аяб ўтирмади  0 23:28Ўзбекистон U-16 ҳам Саудия Арабистонидан устун келди  4 23:17Англияликлар Ҳусановнинг дебюти ҳақида нималар деб ёзишди? Журналистларнинг фикри ва ижтимоий тармоқлардаги изоҳлар  40 21:36"Барселона" ушбу қишда Неймарни ортга қайтариши мумкин эди  5 21:05АПЛ. "Тоттенхэм" ўз уйида кутилмаганда "Лестер"га мағлуб бўлди  10 20:58А Серия. "Рома" меҳмонда "Удинезе"ни мағлуб этди, Шомуродов иккинчи бўлим бошида майдонга тушди  22

“Feyenoord”ning vafot etgan eng sodiq muxlisi haqida... Yangiliklar

“Feyenoord”ning vafot etgan eng sodiq muxlisi haqida...

Teglar :  FeyenoordMalla Mark
Kecha Gollandiyaning "Feyenoord" klubi 18 yillik tanaffusdan so'ng chempion bo'ldi. Saytimizda bundan 3 yil oldin elon qilingan maqolani takroran chop etishga qaror qildik.

Bu maqola saytimizda 2013 yil 23 iyul kuni chop etilgandi. Barcha malumotlar 2013 yilga tegishli.


Futbol millionlar o'yini. Barchaning sevimli klubi yoki klublari bor. Gollandiyaning “Feyenoord” klubini chin dildan sevadigan “Malla Mark” degan inson haqida ajoyib maqola chop etildi.

Quyida ushbu maqolani o'zbek tilida taqdim etamiz.

“Malla Mark” Rotterdamning oddiy fuqarosi edi - boy emas, shou-biznes vakili emas. U faqat “Feyenoord”ni sevardi. 2000 yillar boshida “Feyenoord” o'yinida pasayish kuzatilgan va stadion deyarli bo'shab qolgandi. Muxlislar ikkiga bo'linib ketishgandi. Mark esa o'z harakatlari bilan ularni yarashtirib yana stadionga qaytara oldi. O'shandan so'ng u Gollandiyaning eng mashxur futbol muxlisi bo'ldi, uni barcha xurmat qilardi. Muxlislar, futbolchilar va Rotterdamning qolgan aholisi. Bu yil Mark vafot etdi, ammo u bilan xayrlashishga ulgurishdi...



“Feyenoord” klubining yangi mavsumga tayyorgarligi boshlanishidan oldin yomon xabar tarqaldi - “Malla Mark” juda og'ir kasal. SHifokorlar uning umri tugab borayotganini aytishdi. Bir necha kun o'tgach 41 yil davomida “Feyenoord”ga muxlislik qilgan Mark uchun uchun ajoyib akciya tashkil etib berildi.

22 iyun kuni “Feyenoord” muxlislaridan birining saytida shunday sarlavhali maqola paydo bo'ldi: So'zlar yo'q, faqat ko'z yoshlar. Bu xabarda Malla Mark nomli klub muxlislaridan biri og'ir kasal ekani yozilgandi...

26 iyun kuni rotterdamliklar De Kuip stadionida yangi mavsum oldidan ilk mashg'ulotni o'tkazishlari kerak edi. Ushbu mashg'ulot Mark uchun ajoyib bayramga aylanib ketdi! Mashg'ulotga 6 ming  tomoshabin keldi, ular faqat bitta maqsadda stadionda kelishgandi – 54 yoshli “Malla Mark”ni qo'llab-quvvatlash uchun.



Klub bilan kelishuvga ko'ra mashg'ulotning 12-daqiqasida Markni De Kuip stadioni maydoniga olib chiqishdi.  Muxlislar sektorida Markning surati tushirilgan katta banner ochildi, stadion “You will never walk alone” qo'shig'ini gollandiyacha kuyladi. Tribunada Markning sevimli rangi bo'lgan yashil rangdagi fayerlar tutatildi. U esa o'z ko'z yoshlarini tiya olmay yig'lab yubordi.

So'ngra Mark o'zining oxirgi kuchini to'plab maydon bo'ylab 105 metr masofani bosib o'tdi. Mana shu vaqtda klub muxlislari uni yoniga kelib Mark bilab ko'rishishdi. Leks Immers esa unga klubning yangi formasini taqdim etdi. “Feyenoord” yangi mavsumda yashil rangli futbolkalarda o'ynaydi... Ammo buni Mark ko'ra olmaydi.

Mark stadionda quyidagi so'zlarni aytib o'tdi: Hozir men hech qanday og'riqni his qilmayapman, sababi men ayni paytda oilam va yaqinlarim orasidaman.



Uch kundan so'ng yuqorida aytilgan saytda “Malla Mark” vafot etgani haqidagi xabar chiqdi.

5 iyul kuni Rotterdamda Markni dafn etish marosimi bo'lib o'tdi, unga juda ko'p odam keldi. De Kuip stadioni yonidagi uylarning tomida katta banner yoyildi. Unda quyidagi so'zlar yozilgandi: Sen qiyin davrda bizni birlashtirding.



Rotterdamdagi bazi avtobuslar You will never walk alone yozuvi bilan harakatlanishdi! SHahar ko'chalarida harakatlanayotgan mashinaning ortiga Markning rasmi va Malla- bu faqatgina rang emas! degan yozuv yozib qo'yilgandi...



Narzulla Saydullaev tarjimasi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика