Fevzi Davletov: "Yaxshi o'ynab yutqazgandan yomon o'ynab yutgan yaxshi ekan"
26 okt 00:19
Yangiliklar
Fevzi Davletov: "Yaxshi o'ynab yutqazgandan yomon o'ynab yutgan yaxshi ekan"
Superliganing 22-turi doirasida "Lokomotiv" mag'lub etilganidan keyin "Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida qatnashdi.
- Umuman olganda ikki xil taym bo'ldi. Birinchi bo'limni ehtiyotkor o'tkazdik. CHunki yigitlarning harakatlaridan biroz xavfsiradik. Futbolchilarda Qarshida "Nasaf" bilan o'yindagi agressiya ko'rinmadi.
SHu bois tanaffusda jamoa bilan jiddiy gaplashib olishga to'g'ri keldi. Ikkinchi bo'limda ko'proq vaziyatlar yaratdik. Gollar ham urdik. Bugun yomon o'ynab yutdik. Yaxshi o'ynab yutqazgandan ko'ra shunisi yaxshiroq ekan. Yigitlarni, muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman. Bu o'yin biz uchun keyingi kunlar oldidan dars bo'ldi va nimalar ustida ishlash kerakligini bilib olamiz.
Fikrlar