So’nggi yangiliklar

01:50Гвардиола: "Чемпионлик учун ҳақиқий кураш энди бошланмоқда"  0 01:17Рубен Аморим: "Бизда ўсиш бор"  1 00:46Инглиз футболида қизиқ ҳолат: клуб бир ҳафта учун дарвозабон ижарага олди  2 00:26Луис Диас ЕЧЛда дисквалификация қилинди  1 00:09Артета ҳимоячисининг жароҳатига изоҳ берди  1 23:50Флик: "Нега Мессининг мураббийи бўлишни истамас эканман?"  1 23:30 Суперлига. "Андижон" – "Хоразм" 3:2   0 23:26БАА. "Бани Яс" "починни очди", "Дибба" пешқадамлардан биридан очко тортиб олди  0 23:10U-17 Жаҳон чемпионатида барча чорак финал якунланди ва ярим финал жуфтликлари аниқ бўлди  2 22:56Вадим Абрамов: "Бир қанча муаммолар бўлишини билардик, лекин муаммолар бунчалик кўп бўлишини кутмагандик"  2 22:38Баҳром Ҳайдаров: "Динамо" майдонида дуранг ўйнаш биз учун ғалабага тенг"  2 22:13Акмал Шораҳмедов: "Натижадан қониқдим, лекин ўйиндан эмас"  8 21:54"Милан" собиқ "қария"сини қайтармоқчи  2 21:19Ҳаким Фузайлов: "Учала голни ҳам ўзимизга ўзимиз олиб келдик"  2 21:16Суперлига. "Машъал" – "Навбаҳор" 0:0  3

Fevzi Davletov: "Raqib hisobni saqlab qolishga harakat qildi. Haydarov kelajakda terma jamoaga chaqiriladi" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Raqib hisobni saqlab qolishga harakat qildi. Haydarov kelajakda terma jamoaga chaqiriladi"

Superliganing 23-turida "So'g'diyona" maydonidagi g'alabadan keyin "Surxon" jamoasi bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida qatnashdi.

- "So'g'diyona" birinchi bo'limda yo'l qo'ygan xatolarimiz tufayli bizni jazoladi. Tanaffusda o'yinga o'zgarishlar kiritdik. Yigitlar bitta gol urishimiz kerakligi va bunday so'ng barchasi o'zgarib ketishini aytdim. Xuddi "Lokomotiv"ga qarshi kechgan o'yindek. Futbolchilar barcha ko'rsatmalarni to'g'ri bajarishdi. Muxlislarimizni g'alaba bilan tabriklayman, - dedi Fevzi Davletov.

- Birinchi bo'limda "So'g'diyona" raqibdan ustunroq edi. Jizzaxliklarning etakchi futbolchisi Vladimir Yovovich 61-daqiqada zaxiraga olindi. Ushbu o'zgarishdan so'ng raqibingiz o'yinida pasayish kuzatilgandek. Ushbu fikrga qo'shilasizmi?

- Fikrimcha, raqibimiz hisob bo'yicha o'ynashni boshladi. Ular ikkita to'p oldinda edi, ammo 2:0 hisobi juda xavfli. Biz esa ko'proq hujum qilishimiz kerak edi. O'zgarish ham tasir o'tkazgan bo'lishi mumkin.

- "Surxon" matbuot xizmati Haydarovni terma jamoaga chaqirish kerak, deya hazil qildi. Yosh futbolchining so'nggi bahslarda namoyish etayotgan o'yiniga baho berib o'tsangiz?

- Barchasi uchun vaqt kerak. Vaqti kelganda, u ham terma jamoaga chaqiriladi. U o'z ustida ishlashda davom etsa, terma jamoaga chaqiruv olishiga ishonaman. U iqtidorli futbolchi. Uni maqtab qo'yishim kerak.

- "Nasaf" muddatidan avval chempionlikni rasmiylashtirdi. Superliganing joriy mavsumi qanday o'tdi deb o'ylaysiz? Yangi chempion aniqlangani yaxshi bo'ldimi?

- "Nasaf" chempionlikka loyiq edi va ularni g'alaba bilan tabriklayman. Oldinda uchta o'yinimiz bor va imkon qadar musobaqa jadvalida yuqoriroq o'rin egallashga harakat qilamiz.

- "Surxon" ikkita gol o'tkazib yuborganiga qaramay, markaziy himoyachilar juda yaxshi o'yin namoyish etgandek hissiyot uyg'ondi. SHu haqda to'xtalib o'tsangiz?

- Biz ikkita gol o'tkazib yubordik-ku. Demak, yana ishlash kerak. Gol o'tkazib yuborganimizdan so'ng, yana o'yinga qayta olayotganimiz yaxshi jihat.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика