So’nggi yangiliklar

17:04"Бухоро" 29 йиллик нохуш анъанасига чек қўядими?  0 16:38"Бруну Фернандеш сотилмайди". Рубен Аморим — "Ал Ҳилол"нинг қизиқиши ҳақида  1 16:10Суперлига. “Қўқон-1912” — ОКМК. Асосий таркиблар маълум  4 16:10Камолиддин Мурзоев "Насаф" - "Бунёдкор" учрашуви олдидан нима деди?  1 15:48"Бизга учта ғалаба керак ва жамоамиз ЕЧЛда бўлади" — Пеп Гвардиола  5 15:20"Қўқон-1912" стадиони ОКМК билан беллашувга тайёр!  9 14:55"Ньюкасл" эмблемасини янгиламоқчи  3 14:27"Хаби билан бутун футбол оламини ҳайратга солган жамоани шакллантирдик" — "Байер" спорт директори   1 14:00"Сурхон"нинг голида офсайд қайд этилишича ёрдамчи ҳакамнинг қарорига таянилган, VAR'да эса тасвирлар етарли бўлмаган — Эксперт ҳакамлар қўмитаси  26 13:31"Манчестер Юнайтед" тажрибали дарвозабон билан шартномани узайтирмоқчи  0 13:03"Барса" етакчилари Араухонинг "Реал"га қарши ўйнашига қарши  22 12:37Ким чемпион? Гёкереш ёки Ди Мария? Бугун Португалияда мавсум ўйини бор  4 12:17Ямаль машҳур бренднинг элчиси бўлди  3 11:49Рафаэл Леау АПЛнинг топ-клублари диққат марказида  0 11:20Ички ҳиссиёт. "Насаф" бугун Қаршида очко йўқотади(ми)?  19

Fevzi Davletov: "Potapov ichki muammolar sabab o'yinlarda o'ynamayotgandi" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Potapov ichki muammolar sabab o'yinlarda o'ynamayotgandi"

Superliganing 21-turi doirasida "Nasaf" maydonidagi durangdan keyin "Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov fikrlarini bildirdi.


- O'yin huddi birinchi davradagi kabi o'tdi. "Nasaf" bizning yigitlarning xatolarini kutishini bilgandik. Ular pozicion o'ynashdi va ikkinchi hududda bizni kutib olishdi. Dastlabki 15-20 daqiqalikda o'tish fazalarida bizda xatoliklar kuzatildi va ishlanmalar ko'rinmadi. Bugun ham "Nasaf" huddi birinchi davradagidek kichik xatodan keyin jazoladi. Qizil kartochkagacha o'yin o'rtacha tempda ketayotgandi, chetlatishdan keyin esa bosim kuchayib ketdi. Yani, barcha hissiyotlarga berilib ketib, o'yinni ochib yuborishdi. Yigitlardan mamnunman, ular o'yinga bo'lgan rejani amalga oshira olishdi.

- Garchi bugun jamoangiz peshqadamga qarshi o'ynagan bo'lsa-da, hujum triosida yoshlar harakat qildi: Asilbek Jumaev, Abdug'ofur Haydarov hamda Sarvar Abduhamidov. Sizningcha, ular bugungi bosimni enga olishdimi?

- Agarda o'yinga qaraydigan bo'lsak, Abduhamidov birinchi bo'limda yo'qolib qoldi. Asilbek Jumaev esa bunga qadar ham katta o'yinlarda qatnashgan va unda bu normal holat. Ularning barchasi o'zlarini yaxshi ko'rsata olishdi. Bunday stadionda, bunday muxlislar qarshisida o'ynash yoqimli. Bu stadionda yomon o'ynab bo'lmaydi. Kuchni 100 foiz emas, 150 foiz ishlatish kerak bo'ladi. Bugun ushbu futbolchilar yaxshi kurashishdi va bu yaqqol ko'rindi.

- "Surxon" ikkinchi bo'limda faolroq o'yin ko'rsatdi. Jamoangiz ikkinchi bo'limda o'yinni kuchaytirdimi yoki "Nasaf" tashlab yubordimi?

- Boya aytganimdek, bu o'yin birinchi davradagi o'yinni eslatib yubordi. Ular gol urib olganidan keyin bizni ikkinchi hududda kutib olishni boshladi va xatolarimizni kutdi. Bugun ham bu takrorlandi. Tabiiyki, hisobni tenglashtirish uchun oldinga o'tish kerak. "Nasaf"da bugun vaziyatlar etarlicha edi, lekin realizaciya ularga muammo bo'ldi. Biz to'g'ri o'ynadik. Qizil kartochkalardan chiqib keta olmayapmiz. Bu yomon holat. 

- Bugun jamoaga yordam bera olmagan 3 asosiy futbolchining o'rniga tushirilganlar asosiy futbolchilarning o'rnini bosa olishdimi?

- Birinchi bo'limda yaxshi o'ynashdi. Ular Abdixoliqov, Nasrullaev va Mozgovoyni bosim ostida ushlashdi. Bugun ular faol bo'lishdi. Ularda vaziyatlardan foydalanish muammo bo'ldi. Bizda darvozabon yaxshi harakat qildi.

- Potapov bunga qadar ko'rinmay qolgandi. Uning jarohati bormidi?

- Ichki muammolar bor edi.

- Bugun Behzod SHamsiev "Surxon"da ilk marta sardor sifatida maydonga tushdi. Uning etakchilik qobiliyatini qanday baholaysiz? SHuningdek, yosh futbolchi Asilbek Jumaev yosh bo'lishiga qaramasdan jamoa tarkibidagi 50-uchrashuvida qatnashdi.

- SHamsiev bugun sardorlikka loyiq o'yin ko'rsatdi. Asilbek esa o'tgan yildan beri asosiy futbolchi. Endi u yosh bola emas. Pasportdagina u yosh bola. Maydonda esa har doim faol, barcha vazifalarni bajarmoqda.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика