So’nggi yangiliklar

00:02Иван Бошкович: "Биринчи даврада футболчиларим ўз даражасини намойиш қилди, бироқ бизга омад етишмади"  0 23:43Баҳром Ҳайдаров: "Рақиб жарима майдончаси атрофига борганда футбочлиларимизга совуққонлик ва маҳорат етишмаяпти"  0 23:21Февзи Давлетов: "ОКМК билан баҳсда кўп куч ва эмоция йўқотдик, бу ўйинга кучли руҳлана олмадик"  0 23:10Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Флуминенсе" - "Ал Ҳилол" баҳси асосий таркиблари маълум!  2 22:57Улуғбек Бакаев: "Бундай иссиқ об-ҳавода дуранг биз учун қониқарли бўлди"  1 22:42"Бешиктош" Иммобиле билан шартномани бекор қилди  2 21:58Суперлига. "Қўқон-1912"нинг ғалабасиз серияси давом этади, бу сафар жамоа Жиззахда "Сўғдиёна"га енгилди  6 21:55Суперлига. "Сурхон" - "Бухоро" учрашувида ғолиб аниқланмади  9 21:15Филиппе Коутиньо расман "Васко да Гама" футболчисига айланди  2 20:58"Манчестер Юнайтед"да янги тўлқин: беш футболчи клубни тарк этиш ниятида — Романо  4 19:49Аарон Рэмзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  0 19:21Салоҳ: "Ҳеч қачон "Ливерпул"га қайтишдан бунчалик қўрқаман деб ўйламагандим. Диогунинг йўқлигига кўникиш ниҳоятда қийин"  1 18:58Хитой клуби рақибларини лаънатлагани учун жаримага тортилди  0 18:32Диогу Жотанинг ҳаётий ҳақиқатлари  1 18:14"Барселона" Уильямснинг трансфери барбод бўлгач, эътиборини "Ливерпуль" футболчисига қаратди  8

Fevzi Davletov: "Jamoam ruhan sinib qolgan" Yangiliklar

Fevzi Davletov: "Jamoam ruhan sinib qolgan"

Superliganing 3-turi doirasida "Bunyodkor" maydonidagi mag'lubiyatdan so'ng "Surxon" bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'tgan o'yinlarda o'zimizning xatolarimiz sababli ruhiy holatimizni yomonlashtirib qo'ydik, jamoa ruhan sinib qoldi. Bugun o'tkazib yuborilgan gollardan keyin ham agressiv bo'lishga harakat qildik. Biroq oldingi uchrashuvlarda bizda hech nima o'xshamagandi, shoshilaverdik. O'tish fazalarida bizda ko'plab xatolar kuzatildi, shu sababli bizda hujumlar etishmadi. Tanaffusda sifatliroq ishlashga harakat qildik. Garchi bugun barchamiz birdam bo'lib harakat qilgan bo'lsak-da, natijaga erisha olmadik. Birinchi bo'limda vaziyatlar yaratib, darvozaga zarba bermadik. Unda qanday qilib gol uramiz? Biz darvozaga zarba bermayapmiz va hujumda muammolarimiz ko'rinyapti. Shu boisdan jamoa ruhan sinib qoldi. Mag'lubiyatga uchradik, ishlashda davom etamiz. Bu holatdan chiqishimiz kerak. Istalgan g'alaba bizni, futbolchilarni, murabbiylarni, muxlislarni ruhiy tushkunlikdan olib chiqqan bo'lardi. G'alaba qozonishimiz kerak. Ikkinchi bo'limda bizda o'yin chizgilari ko'rinishni boshladi. Biz g'alaba qozonishni istadik, biroq gol yo'q, natija yo'q. Chunki darvozaga to'pni tepmayapmiz. Bu mag'lubiyatgning asosiy sababi.

- "Surxon"da darvozabon muammosi borga o'xshaydi. Kelasi turda rotaciyaga qo'l urasizmi? Artyom Potapovga imkoniyat berish niyatingiz bormi?

- Rotaciya bo'lmoqda. Bu boradagi qarorni darvozabonlar murabbiyi chiqaradi. Hozir darvozabonlarni o'yinga tayyorlashda muammolar bor. Buni ichki muammo deya olaman. Shu sababli bu haqda ortiqcha gapirishni istamayman.

- "Surxon" hujumga o'tyapti. Biroq hujumni keskinlashtiradigan futbolchi topilmayapti. Deylik bu vazifani "Neftchi"da Iskanderov bajaradi. Qishki transferlar oynasi vaqtida shunday futbolchi olish varianti ko'rilmadimi?

- Bizda hozir asosiy etibor yoshlarga qaratilgan. Siz aytgan hujum poziciyasi uchun Kirillni tarkibimizga qo'shib olganmiz. O'yingacha bo'lgan tayyorgarlik jarayonida o'tkazilgan o'rtoqlik o'yinlarida bu ishlar o'xshagandi. Bizda o'tgan ikki o'yindagi xatolar ruhan zarba bermoqda. Biroq o'rtoqlik o'yinlarida biz hujumda ham himoyada ham agressiv o'ynadik. Muammolar ko'rinmagandi. Bu erda esa ishlar boshqacha ketyapti. Ishlashda, xatolarni tuzatishda davom etamiz.

- "Surxon"ni inqirozli holatda deb hisoblaysizmi? Agarda ha desangiz bu nimalar bilan bog'liq?

- O'tgan ikki o'yinda biz asosiy tarkib bilan o'ynamadik. Jarohatlanganlar va o'yinga tayyor bo'lmaganlar bor edi. Uchrashuvlarda xatoga yo'l qo'yganidan keyin futbolchilar muxlislar tomonidan bosimga uchramoqda va shundan keyin ularda ruhan charchoq kuzatilyapti. Bularning barchasini ustida ishlasa bo'ladi. Bu holatni o'zgartirishga harakat qilamiz. Buni yigitlar ham tushunib turishibdi. Ular yaxshi o'yin ko'rsata olishadi. "Rubin", "Crvena Zvezda"ga qarshi o'ynashdi. Bu erda esa ular har bir xatodan keyin qo'rqib ketishyapti, ishonch pasaymoqda.

- So'nggi paytlarda o'zbek futbolida bir tendenciya urf bo'lib qoldi: penaltini ura olmaslik. Yoshlar, o'smirlar, milliy terma jamoadagi futbolchilarimiz penaltidan gol ura olishmayapti. Shu sababli ko'pchilik tomonidan ruhshunos ishga olish gap-so'zlari ko'paymoqda. Bugunga qadar Luis Kachorri ham penaltidan foydalana olmagan payti bo'ldi. Uzoq yillik tanaffusdan so'ng o'tgan o'yinda "Surxon" o'z maydoniga qaytdi va unda tribunadagi muxlislar futbolchilar uchun bosim uyushtirayotgandek tuyuldi. Muxlislar o'yin vaqtida futbolchilarni ko'p tanqid qilib turishdi. Bu ham ruhiyatni buzilishidagi bir faktor bo'lib hisoblanadi. Balki ruhshunos ishini qayta tiklash kerakdir?

- Biz bu yo'nalishda ishlayapmiz. Ruhshunos jamoaga juda ham kerak. Yigitlar ham buni tushunishadi va bu borada kuchli bo'la olishadi. Buning uchun barchamiz birdam bo'lishimiz kerak. O'yin oldidan gaplashayotganimizda xato qilsak, buni birgalikda tuzatishni aytdik. Biroq bu bugun amalga oshmadi.

- O'tgan mavsum jamoaning etakchilaridan biri bo'lgan Humoyun Sherbo'taev qachon safga qaytadi?

- Buni shifokorimizdan so'rash kerak. Men bilmayman. Bugun o'yinga kelgan bo'lsa kerak, lekin bugun uni ko'rmadik. U yaqinda operaciya bo'ldi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика