Fevzi Davletov: "Gol ura olmasak, demak g'alaba yo'q"
13 apr 19:23
Yangiliklar
Fevzi Davletov: "Gol ura olmasak, demak g'alaba yo'q"
O'zbekiston kubogining 1-turidan o'rin olgan "Surxon" - "Olimpik" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'yin haqida
- Uchrashuv og'ir o'tdi. G'alaba qozona olmadik, durang natija qayd etildi. Hafta davomida o'yinga tayyorgarlik ko'rdik. Har bir uchrashuv, kubokmi, chempionatmi, og'ir o'tayapti. Yigitlar katta hajmdagi yuklamlarni bajarishayapti. O'yinlar davomida yanada kuchayib boramiz.
Birinchi bo'limda yomon harakat qilmadik. Ikkinchi bo'limda zaxiralarni ishga soldik, biroq raqib darvozasiga gol ura olmadik. Gol ura olmasak, demak g'alaba ham yo'q. Ishlashda, harakatda davom etamiz.
- Jamoa muxlislari haqida fikringiz?
- Albatta, bizda jonkuyar muxlislar bor. Ular bizni har doim qo'llab-quvvatlab kelishadi. Uchrashuvni tomosha qilish uchun stadionga kelgan muxlislarga ham alohida rahmat aytaman.
Fikrlar