So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  1 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  6

Fevral oyidagi o'yinlar “Bunyodkor” uchun qanday o'tgan? Yangiliklar

Fevral oyidagi o'yinlar “Bunyodkor” uchun qanday o'tgan?

Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi 2015 yilgi Osiyo CHempionlar ligasi bahslariga 17 fevraldan kirishadi.
SHu kuni “qaldirg'ochlar” BAA chempionati etakchilaridan biri “Al-Jazira” klubini qabul qiladi. Toshkentda bo'lib o'tadigan va bitta uchrashuv natijasiga ko'ra g'olibni aniqlaydigan bahs guruh bosqichiga yo'llanma beradi.
CHempionlar ligasi bahslarida sakkizinchi mavsum ishtirok etadigan “Bunyodkor” uchun fevral oyida o'tkazilgan uchrashuvlar qanday natijalar olib kelgani ko'pchilikka qiziq bo'lishi tabiiy. SHuni inobatga olgan holda statistikaga murojaat etdik.

“Qaldirg'ochlar” o'zlari ishtirok etgan etti mavsumning uchtasida fevral oyida musobaqaga kirishishgan. Etiborlisi, ushbu oy “Bunyodkor” uchun bir muncha quylay kelgan: 3ta o'yin, 2ta g'alaba va bir durang. Qizig'i shundaki, “Bunyodkor” fevral oyida o'tkazilgan Osiyo CHempionlar ligasi bahslarida o'z darvozasidan biron marotaba ham gol o'tkazib yubormagan.

25.02.2014
Guruh bosqichi. 1-tur

“AL-FATH” (Saudiya Arabistoni) – “BUNYODKOR” (O'zbekiston) 0:0

27.02.2013
Guruh bosqichi. 1-tur

“SANFRECHCHE XIROSIMA” (Yaponiya) – “BUNYODKOR” (O'zbekiston) 0:2 (0:1)
Gollar:
Oleksandr Pishur 45 (0:1), Fozil Musaev 86 (0:2)

23.02.2010
Guruh bosqichi. 1-tur

“BUNYODKOR” (O'zbekiston) – “AL-ITTIHOD” (Saudiya Arabistoni) 3:0 (2:0)
Gollar: Rivaldo 4 (1:0), Jasur Hasanov 21 (2:0), Denilson 67 (3:0)

O'ylaymizki, 2015 yilning 17 fevral kuni BAAning “Al-Jazira” klubiga qarshi o'tkaziladigan “pley-off” bosqichidagi o'ta muhim bahsda ham “Bunyodkor” o'zining yoqimli ananasini davom ettiradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика