So’nggi yangiliklar

23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  0 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  3 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  2 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  5 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  6 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  5 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  1 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2 19:32Тер Штеген Францияда операция қилинади  3 19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  1 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0

Feruza Turdiboeva: "Har bir insonning gapiga jahl qilib yursak, hayotda yashash tarzimiz qiyinlashadi" Yangiliklar

Feruza Turdiboeva: "Har bir insonning gapiga jahl qilib yursak, hayotda yashash tarzimiz qiyinlashadi"

7 karra O'zbekiston chempioni, bir necha yillardan buyon O'zbekiston ayollar terma jamoasi sharafini himoya qilib kelayotgan Feruza Turdiboeva "Championat.asia" mehmoni bo'ldi.

Quyida ushbu intervyuning bir qismini taqdim etamiz.

- Ayollar futboli endi-endi rivojlanyapti, deb aytyapmiz. SHu vaqtgacha rivojlanmaganining 3 ta asosiy sababini aytib bera olasizmi?
- To'g'ri, masalan, 10 yillar oldin moliyaviy va etibor qaratish taraflama rivojlanmagandi. CHempionat 1 oyda bir marta bitta stadionda o'tgan. Hozirgi paytda bolalar futboli kabi etibor kuchaygan. Bu uchun rahmat. Bizga shunchalik etibor qaratishayotgani uchun minnatdorlik bildiraman. Rivojlanmaganiga asosiy sabab sifatida hamma klublarda ham ayollar jamoasi bo'lmaganini ayta olaman. Hozirgi kunda bu majburiy qilib qo'yildi.

- AQSHga qarshi o'yinlar terma jamoa uchun qanchalik foydali bo'ldi?
- AQSH bilan uchrashuvlar har taraflama foydali bo'ldi. Bunday raqiblar bilan ko'proq o'ynab turish kerak. Tezroq rivojlanishimiz uchun kuchliroq jamoalarga qarshi o'ynashimiz, turli musobaqalarda ishtirok etishimiz kerak.

- Mentalitet masalasini aytib o'tdingiz. "Ayollar futbol o'ynab nima qiladi?", deyishadi. Bunga qanday munosabat bildirasiz?
- To'g'risi, men bunga etibor qaratmayman. Har bir insonning gapiga jahl qilib yursak, hayotda yashash tarzimiz qiyinlashadi. Vaqti kelganda hamma gapiradi. Bu narsalarga normal qarash kerak.

- Ayollar futbolida erkak murabbiylar ishlashiga munosabatingiz qanaqa? Erkaklarning tegajog'lik qilgani haqida turli mish-mishlar bor...
- To'g'risini aytaman...

Intervyuni to'liq holda ertaga tomosha qilishingiz va o'qishingiz mumkin bo'ladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика