So’nggi yangiliklar

22:51"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  22 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2

Fernandu Santush: "Germaniyadan qo'rqmayman" Yangiliklar

Fernandu Santush: "Germaniyadan qo'rqmayman"

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Evro-2020 guruh bosqichining 2-turida Germaniya bilan o'tadigan o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Germaniya bilan durang yomon natija yomonmas? Portugaliya bilan hatto Germaniya kabi jiddiy jamoalar ham hisoblashishga majbur. Ular bizning futbolimizni va yulduzlarimizni yaxshi bilishadi. SHu bilan birga, ular bizni mag'lub etamiz deb o'ylashi mumkin, ammo dunyoda hech kim hozirda Portugaliya turnirda qolib ketadi deb aytmaydi. Germaniya fantastik jamoa, ularda ajoyib o'yinchilar bor, uchrashuvlarda ustunlik namoyish etishadi va to'pga egalik qilishadi. Ammo men Germaniyadan qo'rqmayman. Biz ularning futbolchilarini hurmat qilamiz, ammo g'alaba qozonishga qatiy qaror qildikmi, albatta bunga erishamiz.

Vengriyaga qarshi yaxshi futbol namoyish etdik — yaxshi hujumlar tashkil qildik, darvozamizni himoya qila oldik, raqibga bosim o'tkazdik, imkoniyatlar yaratdik. Germaniya ham Franciyaga qarshi yaxshi o'yin o'tkazdi, eslatishim mumkin, francuzlar amaldagi jahon chempionlari. Nemislar faqat avtogol natijasida gol o'tkazib yuborishdi, yakuniy hisob o'yinning to'liq suratini aks ettirmadi. SHanba kuni biz g'alaba qozonishni xohlaymiz, g'olib chiqishimizga ishonamiz, ushbu bahsning kaliti qo'limizda.

Men nafaqat Ronalduni, balki butun jamoani rag'batlantirishim kerak. Ronaldu biz bilan ekanligi juda yaxshi, biz u bilan faxrlanamiz, ammo u yakka o'zi g'alaba qozona olmaydi. Jamoaviy o'yin bizning kuchimiz bo'lishi kerak, biz chin yurakdan o'ynashimiz kerak", — deydi Santush.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya — Germaniya to'qnashuvi 19 iyun kuni soat 21:00 da start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика