Fernando Torres: “Bugun futbol bilan xayrlashganimga bir yil bo'ldi … ”
23 avg 2020 20:28
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/588391_original.jpg)
![](/upload/storage/588391_220.jpg)
Fernando Torres: “Bugun futbol bilan xayrlashganimga bir yil bo'ldi … ”
Ispaniyalik sobiq hujumchi Fernando Torres kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
“Bugun futboldan ketganimga bir yil bo'ldi. Tan olishim kerak, o'yinchilik paytlarimda vaqt bunchalik tez o'tishini tushunib etmagandim.
Yangi hayotga ko'nikib bormoqdaman, endi o'ynay olmasligimni tushunib etdim va shu bilan birga murabbiy bo'lishni xohlayman. Bundan tashqari, sevimli “Liverpul”imning 30 yil ichida ilk bor Angliya chempioni bo'lganini nishonladim. Afsuski, o'yinlar tribunadagi muxlislarsiz o'tmoqda. Bu esa futbolni o'zgacha tomondan ko'rsatadi.
Biz minglab oilalarni vayron qilgan pandemiyani boshdan kechirmoqdamiz. SHu sabab sizlarga birgina iltimosim bor – masuliyatli bo'ling va o'zingizni asrang. Barchangizga eng yaxshi tilaklarimni tilayman”, deya yozgan Torres o'z sahifasiga.
O’xshash yangiliklar
21:03
Abduvohid Nematov: "Jamoamiz ochko olishida o'z hissamni qo'shmoqchi edim, ammo bu nasib qilmadi" 30
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar