Fernandino: "Liverpul"ni uyda 5:0 yutganmiz"
09 apr 2018 18:50
Yangiliklar
Fernandino: "Liverpul"ni uyda 5:0 yutganmiz"
"Hozir jamoada kerakli ruhiy tayyorgarlikni taminlash uchun tajribali o'yinchilar vaziyatni o'z nazoratlariga olishlari kerak.
Ketma-ket ikkita mag'lubiyatni boshdan o'tkazish oson emas. Mavsum davomida qilib kelgan ishimizni bajarishimiz kerak. Biz chempionlik sovriniga yaqinmiz.
CHempionlar ligasida yurishni davom ettirish uchun imkoniyatimiz bor. Oson bo'lmaydi, lekin harakat qilamiz. Muxlislarimiz biz bilan va biz oxirigacha kurashamiz.
"Liverpul" bilan uch marotaba o'ynadik va ularni uyda 5:0 yutganmiz. O'sha kuni biz yaxshi edik. APL doirasida "Enfild"da 10 daqiqa ichida 3ta gol o'tkazdik, bu daxshat edi. ECHLda esa uchta to'p o'tkazib yubordik. Har bir o'yinning o'z tarixi bor.
"Liverpul" uzun paslar bilan o'ynashni, to'p uchun kurashishni yoqtiradi. Biz mana shu uslubga tayyor bo'lamiz", - dedi Fernandino.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar