Fernandino: "Barcha "Arsenal"ga qarshi bahs natijasidan xafa"

Aslanov Jasurbek
9 may 2016, 13:24
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fernandino "Arsenal"ga qarshi bahs (2:2) haqida fikr bildirdi.

"Keyingi hafta juda qiyin bo'ladi, chunki Chempionlar ligasida o'ynashimiz raqibimiz uchrashuviga bog'liq. Biz so'nggi turda g'alaba qozonib, bizga yaqin joylashgan jamoalar natijasini kutishimiz kerak.

Albatta, hamma "Arsenal"ga qarshi bahs natijasidan xafa. Biz yomon o'ynamadik, ammo ikkita oddiy gol o'tkazib yubordik va bu bizga qimmatga tushdi. "Suonsi" bilan faqat g'alaba uchun o'ynaymiz va kelasi turda turnir jadvali yaxshi tomonga o'zgaradi deb umid qilaman" - deydi Fernandino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com