Fernandesh: "MYU libosiga loyiq futbolchi emasman"
08 may 2022 18:15
Yangiliklar
Fernandesh: "MYU libosiga loyiq futbolchi emasman"
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh "Brayton"dan uchralgan mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Natija barchasini gapirib turibdi. Biz yaxshi o'yin ko'rsatmadik, raqiblar bizdan ustun bo'lishdi. Ularda doimo variantlar bo'ldi, yaxshi bosim o'tkazishdi va shu natijaga munosib edilar.
Barchasi biz kutgandek bo'lmadi. Bu o'yin sifati va jamoaning xarakteriga bog'liq. Hozir o'z o'rnimizga munosibmiz. Bu biz uchun uyat bo'lishi kerak. Biz doimo yaxshi o'yin ko'rsatishimiz lozim.
Muxlislarning xushtagiga, norozi bo'layotganiga qo'shilaman. Biz juda yomon o'yin ko'rsatdik. Bugungi o'yinim orqali esa MYU libosida mos emasligimni ko'rsatdim. Barchasini to'g'ri qabul qilaman", - dedi yarim himoyachi.
Fikrlar