Fergyuson: "Venger meni rekordimni yaxshilamaydi deb kim aytgandi"
22 okt 2014 16:44
Yangiliklar


Fergyuson: "Venger meni rekordimni yaxshilamaydi deb kim aytgandi"
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson o'z biografiyasining yanglangan variantini chiqardi.
"Men taklif qilgan klub modeli tarihga kiradi. Yana kimdir klubda 26 yil ishlay olmasa kerak. Ammo Vengerning "Arsenal"dagi ishi katta ahamiyatga ega. U Angliya Kubogini yutganida hamma xursand bo'lgandi. Albatta, men Stiv Bryus "Xall Siti" bilan g'alabani ilib ketadi deb umid qilgandim, chunki u mening sobiq futbolchilarimdan biri. Ammo Arsenni ham xafa bo'lishini istamagandim, chunki u to'qqiz yildan beri sovrinsiz kelayotgani uchun katta bosim ostida edi. Venger meni rekordimni yaxshilamaydi deb kim aytdi? Xa, bunga shuba qilaman, ammo bu ishni qilish uchun unda barcha narsa bor" - deydi Fergyuson.

Fikrlar