Fergyuson shifoxonadan chiqqanidan keyin nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
27 iyul 2018, 00:58
May oyida shifoxonaga tushib qolgan "Manchester Yunayted"ning afsonaviy bosh murabbiyi Ser Aleks Fergyuson o'z sog'lig'i borasida ma'lumotlar berdi.

"Mana shu yerda sog' omon o'tirganim, shu gaplarni gapirayotganim uchun shifokorlarga, muxlislarga katta rahmat aytaman. Futbol axli menga katta yordam berdi. Qo'llab-quvvatlaganingiz uchun minnatdorman. Yangi mavsumda ham futbol uchrashuvlarini tomosha qilgani boraman", - dedi Fergyuson.

Afsonaviy murabbiy may oyida miyasiga qon quyilgani sababli shifoxonaga tushib qolgandi. Shundan keyin u ilk marta matbuotga kichik intervyu berdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Times