Fergyuson CHempionlar Ligasidagi kelishilgan o'yin uchun pora olganlikda ayblanmoqda
18 okt 2019 16:52
Yangiliklar


Fergyuson CHempionlar Ligasidagi kelishilgan o'yin uchun pora olganlikda ayblanmoqda
Taniqli mutaxassis Ser Aleks Fergyuson korrupciyada ayblanmoqda.
Agent Juzeppe Palyara "Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyusonga CHL doirasidagi o'yinda yutqazishi uchun pora berganligini aytdi.
Futboldagi korrupciyada nom qozongan Palyara intervyuda "Yuventus" bilan o'yinda yutqazish evaziga u bilan til biriktirganlikda aybladi.
Palyara buning uchun shotlandiyalik mutaxassisga 30 ming evro turadigan Rolex soatini sovg'a qilgan.
Agent shuningdek Fergyuson transferlar uchun pul olganligini aytdi.
77 yoshli mutaxassis MYUda 1986-2013 yillar davomida ishlagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar