Ferdinand O'zil haqida: "O'ylashimcha, oxirgi 18 oyda ilk bor uning tabassumini ko'rdim"
02 jan 2020 14:20
Yangiliklar


Ferdinand O'zil haqida: "O'ylashimcha, oxirgi 18 oyda ilk bor uning tabassumini ko'rdim"
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand APL 21-turi doirasida MYUga qarshi bahsda "Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O'zilning o'yini haqida gapirdi.
"Bu o'yinga O'zilning nuqtai-nazaridan qarang. O'ylashimcha, oxirgi 18 oyda birinchi bor uni tabassum qilganini ko'rdim. Menimcha, bunga sabab unga mashg'ulotdar yoqmoqda.
Biz "Arsenal" asosiy tarkibida allaqachon ko'rmay qo'yganimiz tartibni ko'rdik. Ularda o'yinchilar o'zlarini ishonchli his qilishlariga xizmat qiluvchi tizim bor edi. Ular tezroq va kuchliroq edilar.
Qachon-ki, sen murabbiyga ishonmasang, bu o'z-o'zidan o'yinga tasir qiladi. Arteta va alohida o'yinchilar o'rtasida suhbat bo'lib o'tgan bo'lishi kerak. Unda Mikel har bir futbolchiga "Sen mening futbolchimsan", - degan bo'lishi kerak", - dedi Ferdinand.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar