Ferdinand: "Karim – "Real" timsoli"
07 apr 2022 22:01
Yangiliklar


Ferdinand: "Karim – "Real" timsoli"
Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Rio Ferdinand CHempionlar Ligasi 1/4 finalida "CHelsi"ga qarshi o'yinda (3:1) xet-trikka erishgan "Real"ning franciyalik hujumchisi Karim Benzema xususida fikr bildirdi.
"Karim – "Real" timsoli. U jamoasini cho'qqiga olib chiqdi.
Krishtianu Ronaldu "Real"daligida Benzema kamtarlik bilan orqada qolgan, chunki u bu jamoa uchun nimani anglatishini tushungan, ammo endi u soyadan chiqib keldi.
U 34 yoshda bo'lsa-da, dunyoning eng yaxshi hujumchisi. U boshqa darajada. U gol uradi, golli uzatma beradi, o'yinni quradi", – dedi Ferdinand.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar