"Fenerbaxche" o'zbekistonlik futbolchini 3 million evroga sotib olmoqchi
22 dek 2017 18:35
Yangiliklar
"Fenerbaxche" o'zbekistonlik futbolchini 3 million evroga sotib olmoqchi
O'zbekiston terma jamoasi va Moskvaning "Lokomotiv" klubi himoyachisi Vitaliy Denisov faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin.
Turkiyaning fotomac.com.tr nashri bergan xabarga ko'ra, Aykut Kojaman boshchiligidagi "Fenerbaxche" chap qanot himoya va yarim himoyasini kuchaytirmoqchi. SHu bois "Lokomotiv"ning 30 yoshli vakiliga qiziqib qolgan. Turli malumotlarga ko'ra, turklar Denisov uchun 3 million evro to'lashga tayyorlar. Transfermarkt nashriga ko'ra, Vitaliy Denisovning transfer narxi 5 million evroga teng.
Eslatib o'tamiz, Denisov bu mavsum Rossiya premer-ligasida 20ta turdan 7 marta maydonga tushdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar