Felish "Liverpul"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
17 fev 2020 22:48
Yangiliklar
Felish "Liverpul"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
"Atletiko" hujumchisi Joau Felish navbatdagi uchrashuvning qaydnomasiga kiritilmaydi.
"Goal" xabariga ko'ra, 20 yoshli forvard ECHL 1/8 finali doirasida "Liverpul"ga qarshi ilk o'yinni o'tkazib yuboradi.
Felish 26 yanvar kuni "Leganes"ga qarshi o'yinda orttirib olgan jarohatidan butunlay forig' bo'lganicha yo'q.
"Atletiko" - "Liverpul" uchrashuvi ertaga tunda bo'lib o'tadi.
Fikrlar