Felish "Liverpul"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
17 fev 2020
"Atletiko" hujumchisi Joau Felish navbatdagi uchrashuvning qaydnomasiga kiritilmaydi.

"Goal" xabariga ko'ra, 20 yoshli forvard YCHL 1/8 finali doirasida "Liverpul"ga qarshi ilk o'yinni o'tkazib yuboradi.

Felish 26 yanvar kuni "Leganes"ga qarshi o'yinda orttirib olgan jarohatidan butunlay forig' bo'lganicha yo'q.

"Atletiko" - "Liverpul" uchrashuvi ertaga tunda bo'lib o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal