Felipe Anderson "Lacio"ga qaytmoqda
05 iyu 2021 13:01
Yangiliklar
Felipe Anderson "Lacio"ga qaytmoqda
Braziliyalik xavbek Felipe Anderson Londonning "Vest Xem" klubidan ketishga yaqin.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, yarim himoyachi Rimning "Lacio" klubiga o'tishi mumkin. Tomonlar muzokaralar o'tkazishdi va shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi.
Bitim 2025 yilning yoziga qadar imzolanadi va futbolchining maoshi 2,5 million evroni tashkil etadi. Eslatib o'tamiz, Anderson 2013-2018 yillar davomida Rim klubi sharafini himoya qilgan.
Felipe o'tgan mavsum "Portu" tarkibida ijara asosida harakat qildi.
Fikrlar