

Istedodli futbolchi "Vilyarreal"ga urgan golini jahl bilan nishonladi, ammo keyinroq u golni Renan Lodi sabab shunday nishonlaganini aytdi.
"Lodi o'yin oldidan hech kimga gol ura olmasligimni aytib mashara qildi (yaxshi manoda), goldan so'ng esa men unga javob berdim. Matbuot bilmagan narsalarini g'iybat qilishni yaxshi ko'radi.
Mening Cholo bilan munosabatlarim juda yaxshi. U menga doim yordam beradi va aynan shu sabab shu yerdamiz. Men "Atletiko"da baxtliman. Bazida o'zingizga qora chiziq topasiz, balki men shunday joyga kelib qolgandirman. Ammo, men bulardan chiqib keta olishimga ishonaman", - deydi Feliks.



