So’nggi yangiliklar

14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  1 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  2 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  2 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   3 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4 10:05Виктор Гёкереш нима учун "Арсенал"ни танлаганини тушунтириб берди  4 09:37Шоҳруз Норхонов иккинчи даврани қайси жамоада бошлаши маълум  8 09:02"Бунёдкор" Качоррининг ўрнига Черногория U-21 терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолайди  5 08:26Файзуллаевнинг "Истанбул Башакшехир"даги маоши маълум  15 07:45ОКМК "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  18 00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  13 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7

Feliks Sanches: "Noodatiy ob-havo bizga noqulay keldi" Yangiliklar

Feliks Sanches: "Noodatiy ob-havo bizga noqulay keldi"

Teglar :  Feliks SanchesQatar
O'zbekiston - Qatar (2:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida qatarliklar bosh murabbiyi Feliks Sanches o'z fikrlarini bildirdi.

- "Bugungi o'yin jamoamiz uchun qiyin o'tdi. Birinchi bo'limda jamoamiz nisbatan yaxshiroq ko'rindi. Ammo tanaffusdan so'ng xatolarga yo'l qo'ydik. Ayniqsa o'tkazib yuborilgan goldan so'ng diqqatni jamlashda qiynaldik. Natijada o'yinimiz qovushmadi. SHuningdek, mazkur o'yin noodatiy ob-havoda o'tdi. Bu ham o'z tasirini ko'rsatdi. To'g'ri, o'tgan o'yinda Ekvador terma jamoasiga darvozasiga 4 marotaba yo'l topib, g'alaba qozongandik. Bugun esa bitta ham gol urolmadik. Har bir o'yin alohida tarix. Bir o'yinda ko'rsatilgan o'yinni yoki natijani boshqa bir bahsda takrorlash qiyin bo'ladi. Qolaversa, O'zbekiston top darajadagi raqib. Bugungi bahsda yaxshi o'ynolmaganimizga ularning ham hissasi bor. O'zbekiston o'yin tashkil etishda juda yaxshi harakatlandi. Raqib bizga oldingi chiziqda deyarli imkoniyat qoldirmadi.

Biz nafaqat o'z uyimizda o'tadigan mundialni chamalab, balki Osiyo kubogida ham yaxshi natija qayd etish uchun ishlayapmiz. Jahon chempionatiga bosqichma-bosqich tayyorgarlik ko'riladi. Biz JCH yo'lida Osiyo kubogini beetibor qoldirmaymiz. BAAda o'tadigan qita chempionatiga ham konsentraciyani qaratamiz. Aynan shu orqali JCHga ham jiddiy tayyorgarlik ko'ramiz.

Himoyadagi tartibsizlik? To'g'ri, o'tgan ikkita bahsda jami 5 gol o'tkazdik. Bu ko'p. Gollar albatta xatolar evaziga kiritiladi. Ammo bu bilan mudofaa chizig'imiz muammolar girdobida qolgan demagan bo'lardim. Keyingi bahslarga qadar ushbu mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etamiz. SHuni ham alohida takidlash kerakki, biz ikkala bahsni juda jiddiy va top saviyadagi raqiblar bilan o'tkazdik. Bugun yutqazdik, ammo yaqin orada O'zbekiston bilan yana uchrashishni istayman, o'shanda biz boshqacha o'ynaymiz.

O'tkazilgan ikkinchi golni darvozabonning xatosidan ko'ra futbolchining mahoratiga bog'lagan bo'lardim. Umuman olganda kiperimiz bugun darvozani yaxshi qo'riqladi", - dedi ispaniyalik mutaxassis Feliks Sanches. 

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика