So’nggi yangiliklar

14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  0 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  2 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  1 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  9 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  8 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  11 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  14 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  12

Fyodorov: "Lokomotiv"ning natijalariga men javob beraman, ammo... Yangiliklar

Fyodorov: "Lokomotiv"ning natijalariga men javob beraman, ammo...

Superliga 7-tur doirasida "Lokomotiv" - "So'g'diyona" (2:0) jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov va jamoaning uchrashuvdagi eng yaxshi futbolchisi Sardor Rashidov qatnashdi.

"Hozircha jamoaning bosh murabbiylik vazifasini vaqtinchalik bajaryapman. Keyingi vaqt davomida men o'z iqtidorimni namoyish etishim kerak. Bu masuliyatda ishlash juda qiyin. Oldingi ishlagan joyim bilan bu erni solishtiradigan bo'lsak, u erda umuman boshqacha futbol bo'lardi, futbolchilar ham boshqa edi, vazifalarning darajasida ham farq bo'ldi. "Lokomotiv"da esa vazifalarni bajarishdi yanada qattiqroq ishlashim kerak. Bugungi uchrashuvga yigitlarni ruhiy jihatdan qattiq tayyorlagandik. Sababi "Lokomotiv" so'nggi uchrashuvlarda g'alaba qozona olmayotgandi, biroq o'sha bahslarda yomon harakat qilmagandik. O'sha o'yinlarda g'alaba qozona olmaganimiz tufayli yigitlarning psixologiyasida negativ jihatlar ko'payib ketdi. Biz o'yingacha mana shu negativlikni yo'qotishga harakat qildik. SHukurki, futbolchilar bizni eshitishdi va muhim uch ochkoni qo'lga kiritishdi.

"Lokomotiv"ning ayni damdagi tarkibi bir necha yillardan buyon birga o'ynab keldi va bir mexanizmga aylandi. Har bir futbolchi mexanizmning bir qismi. Yangi futbolchilar esa mexanizmga kirishi keta olmayapti. Vaqti kelib, yosh futbolchilar ham, SHerzod Karimov, CHo Suk Jae, Farhod Bekmurodov ham o'yinlarda qatnashishadi. Biz hech qaysi futbolchini unutmaymiz.

Qaysidir o'yinda Sadriddin Abdullaev kichik jarohat olgandi. U "Zob Axon"ga qarshi o'yingacha mashg'ulotlarda ishtirok etmadi. Unda kichik jarohat bor. Sardorimiz jarohatidan tiklanmoqda. Uni keyingi o'yinlarga tayyorlayapmiz.

Bundan buyon "Lokomotiv"ning natijalariga men javob beraman. Asosiy tarkibni aniqlashda ham, o'zgartirishlarda ham men qaror chiqaraman. Biroq yordamchilarning ham fikrini eshitaman. Ammo aytganimdek natijaga men javob beraman"

Sardor Rashidov: "So'g'diyona" bizga qarshi yaxshi o'yin ko'rsatdi. Jamoa yaxshi harakat qildi va qiyin o'yin bo'ldi. Ammo biz raqibdan ustunligimizni ko'rsata oldik va g'alabaga erishdik"

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика