Federiko Keza A Seriyaga qaytishi mumkin
06 iyu 12:40
Yangiliklar


Federiko Keza A Seriyaga qaytishi mumkin
"Liverpul" yarim himoyachisi Federiko Keza A Seriyaga qaytishi mumkin.
27 yoshli italiyalik futbolchiga "Milan" davogarlik qilmoqda.
"Milan" Kezaning transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda va futbolchining o'zi ham bunga qarshi emas.
Biroq tomonlar bitim shartlari bo'yicha turli xil fikrda: "Milan" ijaraga olishni maqsad qilgan, "Liverpul" esa futbolchini darhol sotishni maqul ko'radi.
Keza 2024 yilning yozida "Yuventus"dan 12 million evro evaziga "Liverpul"ga o'tgandi, ammo tarkibda mustahkam o'rnashib ololmadi. Uning hisobida Angliya jamoasi safida 14 ta o'yin, 2 ta gol va 2 ta assist bor. U APLda oltita uchrashuvda gol ura olmadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar