

Ular orasida legioner sifatida to'p tepayotgan futbolchilarimizning jamoalari ham borligini aytish joiz. E'tibor berishingiz kerak bo'lgan uchrashuvlar bilan tanishtirib o'tamiz.
Rossiya Premer Ligasi. 19-tur
SSKA - "Orenburg"
"Armiyachilar" tarkibida Abbosbek Fayzullaev katta ehtimol bilan ilk daqiqalardan maydonga tushishi kutilmoqda. SSKA ayni paytda 28 ochko jamg'argan holda turnir jadvalida 8-o'rinda ketmoqda.
Rossiya Premer Ligasi. 19-tur
"Krasnodar" - "Rubin"
Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliev to'p tepayotgan "Rubin" "Krasnodar" mehoni bo'ladi. "Rubin" SSKAdan bir pog'ona yuqorida 7-o'rinni egallab turibdi.
BAA Pro ligasi. 16-tur
"Al Vahda" - "Al Jazira"
Xojimat Erkinov to'p tepayotgan "Al Vahda" o'z maydonida jadvaldagi qo'shnisi "Al Jazira"ni qabul qiladi. "Al Vahda" BAA Pro ligasi turnir jadvalida beshinchi pog'onadan joy olgan.
Qozog'iston Premer Ligasi. 1-tur
"Ordabasi" - "Shaxtyor"
Bugundan qo'shni mamlakat Qozog'iston chempionatida yangi mavsumga start beriladi. Jasur Yaxshiboev va Shahboz Umarov to'p tepayotgan "Ordabasi" 1-turni o'z maydonida "Shaxtyor"ga qarshi o'tkazadi.
Qozog'iston Premer Ligasi. 1-tur
"Qayrat" - "Qiziljar"
Bundan tashqari Ibrohimhalil Yo'ldoshev "Qayrat" safida debyut qilishi mumkin.



