So’nggi yangiliklar

13:05Сергей Чигодаев - Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг CAFA U-17 кубогидаги илк ўйини ҳақида  0 12:35"Челси" икки дарвозабонни кўриб чиқмоқда  0 12:04Тен Хаг топ клубга бош мураббий бўлмоқда  3 11:23"Реал" ПСЖ юлдузини харид қилмоқчи  6 11:00Каору Митоманинг янги жамоаси деярли аниқ  2 10:34Кевин Де Брюйне “Наполи“да қанча маош олиши маълум  2 10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  2 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  5 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  34 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  2 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  7 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  7 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  7

Faxriylar. “Qo'qon-1912” – “Neftchi” 3:0 Yangiliklar

Faxriylar. “Qo'qon-1912” – “Neftchi” 3:0

Kecha Qo'qondagi “Markaziy” o'yingohida faxriy futbolchilar o'rtasida respublika birinchiligining mintaqaviy saralash uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda viloyatimizning ikki jamoasi “Qo'qon-1912” va “Neftchi” jamoalarining faxriylari uchrashdilar.

Har ikki jamoa bundan oldin andijonlik faxriylarga qarshi o'yin o'tkazishgan edi. “Neftchi”  faxriylari “Andijon” faxriylari ustidan 2:0 hisobida g'alabaga erishgan bo'lsa, jamoamiz faxriylari Andijondan 3:3 hisobidagi durang natija bilan qaytib kelishgan edi.

Faxriylar o'rtasidagi musobaqaning final qismiga chiqishni maqsad qilgan  “Qo'qon-1912” va “Neftchi” faxriylari o'zaro o'yinda g'alaba qozonish uchun maydonga chiqishdi. Bu uchrashuvda har ikki jamoa tarkibida yaqin o'tmishning bir qator yulduz futbolchilari maydonda harakat qilishdi. “Neftchi” tarkibida Andrey Fyodorov, Murod Ismoilov, Oleg Burov, Asad Do'rmonov kabi faxriylar to'p surishdi. Qo'qonlik muxlislar esa No'mon Hasanov, Muhiddin Abduvaliev, Alisher Otajonov, Mamur Mansurov, Said SHokirov kabi bir qator sevimli futbolchilarini yana yashil maydonda ko'rishdi.



O'yinda katta tashabbusga ega bo'lgan jamoamiz faxriylari birinchi bo'limning o'zidayoq maydonda kim ustun ekaligini ko'rsatib qo'yishdi.

Uchrashuvning 7-daqiqasida Alisher Otajonov hisobni ochgan bo'lsa, 8 va 28-daqiqalarda Said SHokirov dublga erishdi.

Ikkinchi taymda jamoalar harchand urinishmasin darvozalarga boshqa gol kiritilmadi. SHunday qilib faxriylar o'rtasidagi viloyat derbisida jamoamizning faxriy futbolchilari 3:0 hisobida g'alabaga erishishdi. Faxriy futbolchilarimiz navbatdagi uchrashuvni 30 sentyabr kuni andijonlik faxriylarga qarshi o'tkazishadi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика