So’nggi yangiliklar

01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  0 00:17Одил Ҳамробеков биринчи даврада унга энг кўп қийинчилик туғдирган футболчи кимлигини айтди  0 00:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. "Фламенго" - "Бавария" баҳсининг асосий таркиблари маълум қилинди  4 23:48Элдор Мойлиев: "Яккакурашларда ютқазсангиз, ҳеч қанақа тактика ёрдам бермайди"  0 23:33Михаил Еремчук: "Ғалаба учун аввало футболчиларга раҳмат"  2 23:30Суперлига. "Бухоро" ва "Бунёдкор"дан камбэк  1 23:14Иван Бошкович: "Ҳеч кимнинг бошини ёрмоқчи эмасман. Биз бундай ҳолатларга тайёр бўлиб боряпмиз"  3 22:56Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Интер Майами"га имконият қолдирмади  167 22:45Илёс Зейтуллаев: "Бундай ажойиб ҳиссиётларни фақатгина футбол бера олади. Носир Абдусаломовни ўтган йилдан бери кузатиб келаман"  2 22:15Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Шри-Ланкани 10:0 ҳисобида тор-морт этди. Нилуфар Қудратовадан "покер"  1 21:55Суперлига. "Бухоро" камбек амалга ошириб, "Шўртан"ни мағлуб этди   13 21:18Моуриньюга "Манчестер Сити" ҳимоячиси керак  0 20:56"Бунёдкор" суперкамбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  15

“Faxriylar kubogi” turniri davom etadi. Navbat 50 yoshdan oshganlarga Yangiliklar

“Faxriylar kubogi” turniri davom etadi. Navbat 50 yoshdan oshganlarga

O'zbekiston futbol asociaciyasi tomonidan tashkil etilgan, faxriy futbolchilar o'rtasidagi “Faxriylar kubogi” turniri davom ettiriladi.

Bu safar 50 yoshdan oshgan faxriy futbolchilar sovrin uchun kurashadilar.

Vodiy mintaqasida Andijon hamda Namanganlik faxriy futbolchilar turnirda ishtirok etmasliklarini malum qilishdi. Endi final bosiqichiga chiqish uchun kurash faqat Qo'qonlik va Farg'onalik faxriylar o'rtasida bo'lib o'tadi. Bugun Qo'qondagi “Markaziy” stadionida Qo'qonlik hamda Farg'onalik faxriylar o'rtasidagi mintaqaviy saralash uchrashuvi bo'lib o'tdi. Ob-havoning sovuq bo'lishiga qaramay uchrshuv qiziqarli kurashlarga boy tarzda bo'lib o'tdi. Farg'onalik faxriylar safida Salim Zokirov (darvozabon), Rustam Do'rmonov, Zaylobiddin Burxonov, SHuhrat Nazirov, Farhod Ergashev kabi futbol faxriylari maydonga tushishgan bo'lsa, Qo'qonliklar tarkibida Zohid Nurmatov, Azamat Ashurmatov, Jamoliddin Tojiboev, Muhammad SHokirov, Akmal Ortiqov kabi muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan faxriy futbolchilar to'p surishdi.

Qiziqarli o'tgan bahs 3-2 hisobidagi Qo'qonliklarning g'alabasi bilan yakun topdi. Qo'qonliklardan gollarni Muhammad SHokirov, Azamat Ashurmatov penaltidan hamda Rustam Tursunovlar kiritishdi. Farg'onalik faxriylar jamoasidan esa SHavkat Ziyaev ikki marta mezbonlar darvozasini ishg'ol qildi.

Endi 24 noyabr kuni Farg'ona shahrida har ikki jamoa ishtirokida javob o'yini bo'lib o'tadi. Ikki o'yin natijasiga ko'ra g'olib bo'lgan jamoa Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan “Faxriylar kubogi” turnirining final bosiqichiga yo'l oladi.


Akramjon Mamadaliev.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика