

Jurnalist Paskuale Guarroning so'zlariga ko'ra, klub 2026 yilning yozida 3 nafar yoshi katta himoyachi bilan xayrlashmoqchi: Franchesko Acherbi (37 yosh), Matteo Darmian (35) va Stefan de Vrey (33). Uchchalasining ham shartnomalari yakuniga yaqinlashib qoldi va klub ularni uzaytirmoqchi emas.
"Neradzurri" rahbariyati asosiy e'tiborni tarkibni yoshartirishga qaratmoqda. Kristian Kivu mavsum oralig'ida Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubiga ketgan Simone Inzagi o'rniga jamoani qabul qilib oldi.
Ayni vaqtda A Seriyadagi 6 o'yindan so'ng "Inter" 12 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda. Hammasi shuni ko'rsatadiki, Kivu jamoani kelajakni ko'zlagan holda qurishni rejalashtirmoqda, himoyadagi yangi qon butun loyihani yangilashda birinchi qadam bo'ladi.



