So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Faxriylar. “Bunyodkor”ning chempionlikka erishishiga bitta g'alaba qoldi Yangiliklar

Faxriylar. “Bunyodkor”ning chempionlikka erishishiga bitta g'alaba qoldi

Bugun CHilonzordagi suniy qoplamali stadionda faxriylar o'rtasida Toshkent shahar chempionatining navbatdagi tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
Unda mezbon “Paxtakor” faxriylar jamoasi hamshahari bo'lmish “Bunyodkor” faxriylarini qabul qildi.

Bunday uchrashuvlar doimo qiziqarli o'tib kelgan. Bugungi bahs ham bundan mustasno bo'lmadi. O'yinda qayd etilgan hisob ham uchrashuvning hujumkor ruhda o'tganini anglatsa ajab emas.

Garchi birinchi bo'lim “Paxtakor” faxriylar jamoasi foydasiga xal etilgan bo'lsada, o'yinning ikkinchi bo'limida “Bunyodkor” azolari tub burilish yasab, natijani o'z fodalariga xal eta olgani etiborga molikdir.


SHu kuni “Paxtakor” safida yaqin o'tmishning mohir futbolchilaridan Baxtiyor Qambaraliev, SHuhrat Rahmonqulov, No'mon Hasanov, Furqat Esonboev, Jasur Abduraimov, Ravshan Bozorov, Rustam Do'rmonov kabilar harakat qildi.

Raqib jamoa tarkibida esa Anvar Jabborov, Alisher Bozorov, Sergey Lushan, Murod Otajonov, Azamat Abduraimov, Maxmud Sobirov, Oleg Nesterov, Anatoliy Xutin, Sergey Andreev, Ulug'bek Ro'ziqulov kabilarni ko'rish mumkin edi.

Xullas ushbu durang “Bunyodkor” faxriylar jamoasini chempionlikka yaqinlashtirdi. Endi bu jamoa chempionatning so'nggi turida “Yunusobod” faxriylar jamoasiga qarshi o'yin o'tkazadi.
Kezi kelganda ushbu jamoada Valentin SHashkov, Aleksey Roshin hamda Aleksey Evstafeev kabi muxlislarga yaxshi tanish bo'lgan sobiq futbolchilar borligini aytib o'tish kerak.


Bo'lajak bahsda qaysi jamoa g'alaba qozonsa, o'sha chempionlik shoxsupasiga ko'tariladi.

 “Paxtakor” - “Bunyodkor” 4:4 (2:1).
 Tashkent. “CHilonzor” stadioni
 Gollar: No'mon Hasanov, Ravshan Bozorov, Furqat Esonboev, SHuhrat Rahmonqulov – Ulug'bek Ro'ziqulov, Azamat Abduraimov, Alisher Bozorov. Anatoliy Xutin (pen).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика