So’nggi yangiliklar

01:55Миллатлар лигаси. Франция ғалаба қозонди, Италия Исроилни таслим қилди, Қозоғистонда мағлубият ва бошқа натижалар  0 01:31"Олимпик" - "Металлург" учрашуви "Жар"да ўтказилмайди  0 00:34"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 00:15Франция Бельгияга имкон қолдирмади  3 23:28Флик энг яхши мураббий деб топилди  3 23:20Ўзбекистон терма жамоаси Бишкекдаги машғулотини қандай ўтказди? ФОТОМАҚОЛА  2 22:10Жамшид Искандеров: "Мақсадимиз - уч очко билан уйга қайтиш"  3 21:51Кўпчиликни ҳавотирга солаётган стадионда Ўзбекистон терма жамоаси машғулот ўтказди  7 21:36Назорат учрашуви. ОКМК ва "Динамо" иштирокидаги голлар шоусида ғолиб аниқланмади  1 21:35Жалолиддин Машарипов: "Қирғизистон Эронга қарши учрашувда дуранг қайд этиши учун яхши имкониятга эга эди"  7 21:05Шерзод Насруллаев: "Эртага 200 фоиз иштиёқ билан майдонга тушамиз"  4 20:38Қирғиз Республикаси - Ўзбекистон ўйинини ким бошқаради?  2 20:25"Роналду — андоза"  12 20:03"Олимпик" назорат беллашувида "Сурхон"га ҳеч қандай имкон қолдирмади  0 19:44Ўзбекистон МТЖ ўйинолди расмий машғулотини ўтказди. Муҳокамаларга сабаб бўлаётган майдон ҳолати қанақа?  14

Faxriddin Ro'zievning kelishilgan o'yinlar haqidagi maqolasi nega chop qilinmadi? Yangiliklar

Faxriddin Ro'zievning kelishilgan o'yinlar haqidagi maqolasi nega chop qilinmadi?

“Championat.asia”ni muntazam kuzatadigan muxlislar meni tanib qolishgan bo'lsa kerak. SHunday bo'lsa-da, bugun o'zim haqimda qisqacha malumot berishga qaror qildim.

Ismim Faxriddin, 20 yoshga to'lganimga 16 kun bo'ldi. Buxoro viloyati tarkibidagi G'ijduvon tumanining chekka qishloqlaridan birida tug'ilganman. UzJOKUning 2-bosqichida tahsil olaman. Futbol o'ynash nasib qilmagan, lekin sportga muhabbatim jurnalistikaga olib keldi. O'zbekistondagi sportga ixtisoslashgan eng ommabop nashrda faoliyat yuritaman. SHunday bo'lsa ham, o'zimni jurnalist deb hisoblamayman, bo'lajak jurnalist – talabaman. Yaxshi yozolmasam kerak, fikrlarimning aksari xato bo'lishi mumkin, umuman tajribasizman. Buni yaxshi anglayman va tan olaman, o'z ustimda ishlayapman. Bilmaganimni so'rashdan uyalmayman. Xiyonatdan jirkanaman, adolatsizlikdan nafratlanaman. Hayotda eng muhimi nomus, sharaf deb hisoblayman...

Kecha “Oriat dono” radiosida sport nashrlarining kichik muhokamasi bo'libdi. Ertalabdan beri futbol muxlislari, saytimiz kuzatuvchilari o'sha dasturdan “qirqilgan” videolavhalarni yuborishyapti. Mushtariylarning takidlashicha, vada qilgan, lekin chiqarmagan maqolam tufayli meni, saytimizni gapirishibdi ekan. Bu fikrga qo'shilmasam ham, o'sha mavzu haqida tushuntirish berishga qaror qildim. Ijtimoiy tarmoqlarda menga turli xil izoh yozayotgan muxlislar ko'zlaringizni kattaroq o'qib oching.

Mavzu kelishilgan o'yinlar. Emishki, biz bu voqealarga kelganda ko'zimizni yumib olayotgan ekanmiz. Demak, hurmatli bolajonlar, yaqinroq keling va quloqchalaringizni yaxshiroq oching. 

O'FA matbuot xizmati tashkilot Etika qo'mitasining o'sha qarorini 28 noyabr kuni elon qilgandi. 1 kundan keyin “Championat.asia”da “O'zbek futbolining adolatga allergiyasi bormi?” degan materialim elon qilindi. Bu paytda hali hech kim qo'mita qarorini muhokama qilmagan edi. 

SHundan keyin “Sukunat”. O'FA mutasaddilariga murojaat”, “Tantashevning hushtagi umidlarni o'ldirdi”, “O'zbekiston futbol associaciyasiga savollar”, “Korrupciyaga qarshi davra suhbatlari orqali kurashamiz!”, “Boshlandi! O'zbekiston futbol associaciyasiga alangali salom” singari maqolalarim chiqdi. Qaysidir fikrlarim yanglish edi, qaysilari to'g'ri. Bu o'z yo'liga, muhimi, jim turmadim, o'zimning vazifamni bajardim. Qo'limdan kelganicha o'sha mavzuni qayta-qayta ko'tardim. Xullas, “Championat.asia” xodimlari orasidan Faxriddin Ro'zievning bir o'zi 6 marta o'sha mavzuni ko'targan, ushbu maqolalar 123084 marta o'qilgan. Bu faqat 1 kishining yozganlari. Bundan tashqari, hakamlik mavzusida yozgan yana bir maqolamni 42 mingdan ortiq kishi o'qidi. Malumot uchun aytaman, bu O'zbekistondagi sportga ixtisoslashgan nashrlar uchun super natija hisoblanadi.

Endi bitta ish qilaylik. Kelishilgan o'yinlar mavzusi noyabr oyining oxirida ko'tarildi. O'sha paytdan beri O'zbekistondagi istalgan nashrda chop etilgan maqolalarni, radio va telekanallar shu mavzuda tayyorlagan ko'rsatuv yoki suhbatlarning barchasini yig'ing. Agar shu mavzuda butun o'zbek jurnalistikasi birlashgan holda mendan ko'p yozgan yoki gapirgan bo'lsa, bugunoq ishimdan bo'shab, Buxoroga qaytaman. 

Ochig'i, nimaga asoslanib “Oriat dono” videosini menga uzatyapsizlar, tanangizning qaysi azosi bilan o'ylayapsizlar bilmadim. Do'stona maslahat beraman, gapirishdan, nimadir qilishdan oldin o'ylash kerak. O'ylaganda ham faqat bo'yningiz ko'tarib turgan boshingiz bilan o'ylang.

Endi chop qilinmagan maqola masalasi. “Championat.asia” uchun bazi sabablarga ko'ra masofadan turib ishlardim. Toshkentga yanvar oyining oxirida keldim. SHundan keyin kelishilgan o'yinlar mavzusini o'rgana boshladim. Dastlab, O'zbekiston futbol associaciyasiga bordim, savollarimni berib, javob oldim. Keyin voqeaga aloqadar boshqa kishilar bilan suhbatlashdim, ozgina malumot yig'dim. 20 fevral kungi quradan keyin o'zimdagi malumotlarning barchasini elon qilmoqchi edim. Ming afsuski, barchasi menga yoki “Championat.asia”ga bog'liq emas ekan. Bizga malumot bergan manba oxirgi kunlarda so'zidan qaytib qoldi, yani qo'rqdi. O'shanda ham uyalib qolmaslik uchun odamgarchilikdan chetga chiqib, audio va “skrinshot”lar bilan elon qilish varianti bor edi. Lekin vijdonimiz yo'l qo'ymadi...

Agar yana ko'ngliz to'lmayotgan bo'lsa, aytaman: futbolga xiyonat qilishyapti. Buni bilaman. Lekin hozir buni ochishga yolg'iz o'zimning kuchim ham, iqtidorim ham etmaydi. Yuqoridagi gaplarni malumot berib, fikridan qaytgan manbalarimiz ham o'qishadi. Qachondir shu kishilardan birining fikri o'zgarib qolsa, albatta, o'sha material chiqadi.

Yuqorida o'zim haqimda gapirdim. Qo'shimcha qilaman, judayam bezbet odamman. Eng yaqin do'stim yanglish qilsa ham aytaman, agar to'g'ri yo'ldan qaytarishga urinsa-ku, basharasiga tupurib yuboraman. Matbuot kotiblarini qo'ya turing, sayt rahbarlariyam meni qaysidir poziciyaga yo'naltirolmaydi, fikrimni o'zgartirolmaydi. Meni taniganlar yaxshi biladi, ishimni yo'qotishdan qo'rqmayman. SHu kecha-kunduzdayam moliyaviy jihatdan yaxshiroq takliflarim bor. SHunday ekan, ko'nglingizni xotirjam qilingda, publikaga o'ynamasdan, o'zingizning vazifalaringiz haqida ko'proq o'ylang.

Qadrli muxlis, bilmagan kishingiz haqida nimadir gapirishdan, “nik” orqasiga berkinib yozishdan tiyiling. Yaxshi bilmasangiz, men haqimda gapirmang. “Championat.asia” haqida hech gapirmang. Biz o'z vazifalarimizni juda yaxshi bilamiz. 

Hamma gaplarimni aytdim. Xulosa o'zingizdan. Omon bo'ling!

Muallif :
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика