Favr: Dzyuba – xavfli hujumchi. "Borussiya" aqlli futbol namoyish qilishi kerak
27 okt 2020 22:38
Yangiliklar


Favr: Dzyuba – xavfli hujumchi. "Borussiya" aqlli futbol namoyish qilishi kerak
Dortmundning "Borussiya" klubi ustozi Lyusen Favr CHempionlar Ligasi guruh bosqichi doirasidagi "Zenit"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Dzyuba – juda xavfli o'yinchi. U bo'ydor va baquvvat, shuningdek, jarima maydonchasi ichida yaxshi o'ynaydi.
"Zenit" tarkibida yana bir qator xavfli futbolchilar bor. Yarim himoyachilar juda tezkor va bo'sh hududlarga ochilishni yaxshi ko'rishadi.
Biz bor kuchimizni sarflashimiz kerak. Aqlli pressing, to'p nazorati va hujumlarni ustalik bilan yakunlash lozim. SHuningdek, zarur pallada tavakkal qila olish ham foydadan xoli bo'lmaydi", – dedi Favr.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar