Fathi Al Jebali: "Hozir biz ham, "Bunyodkor" ham qiyin ahvolda"
15 apr 2014 17:45
Yangiliklar

Fathi Al Jebali: "Hozir biz ham, "Bunyodkor" ham qiyin ahvolda"
“Bunyodkor” - “Al-Fath” uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ishtirok etishdi.
"Avvalom bor sizlar ko'rsatayotgan mehmondo'stlik uchun rahmat. OCHLda 4ta tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Biz ham, "Bunyodkor" ham qiyin ahvolda. Agar "Al Fath" haqida gapirsam, biz musobaqada debyut mavsumni o'tkazayapmiz. Natijadan qoniqmadik, lekin nima bo'lgan taqdirda ham men shogirdlarimni tanqid qila olmayman. Kayfiyatimiz yaxshi. Kichik bo'lsa ham umidimiz bor, shu bois oxirigacha kurashamiz", - deb gap boshladi Fathi Al Jebali.
"Bu matbuot anjumanida sizlar bilan ko'rishib turganimdan xursandman. "Bunyodkor" bilan o'yin keskin o'tadi, safarda o'ynaymiz. Musobaqadagi ilk g'alabamizga ertangi o'yinda erishmoqchimiz", - deydi Muhammad Al Fahed.
- "Bunyodkor"da bosh murabbiy o'zgargan lekin menimcha jamoaning taktikasi o'zgarmaydi. Raqibdan qo'rqmaymiz. Biz faqat o'z o'yinimizni ko'rsatishga intilamiz.
- Har qanday musobaqada to'plangan ochkolari, jamoa ko'rsatgan o'yinlar barchasini ko'rsatib beradi. Guruhda "Fulad" va "Al Jaish" klublari bizdan kuchli ekani tushunarli. Bu ikki klub o'zaro o'yin o'tkazadi. Ushbu bahsda bizni qoniqtiradigan natija qayd etilishiga umid qilamiz.
- Saudiya Arabistoni futboli tarixiga nazar solsangiz bizni klub doim kuchlilar safida bo'lmaganini ko'rasiz. CHempion bo'lganimiz shov-shuv bo'lgandi lekin bu mavsum u qadar muvaffaqiyatli o'ynay olmadik.

Fikrlar