So’nggi yangiliklar

18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  2 18:22"Арсенал" "Реал" хавбекига қизиқишни тиклади  1 17:58"Барселона" Араухо бўйича қарор қабул қилди  1 17:28"Ювентус" хавбеки АПЛга йўл олиши мумкин  0 17:01"Байер" "Ливерпуль" футболчисини 30+5 млн фунт эвазига трансфер қилмоқда  0 16:38Деку: "Нико Уильямс "Барселона"га ўтмоқчи. Биз у билан шартнома имзолашга ҳаракат қиламиз"  0 16:13"Навбаҳор" ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 15:51Пеп "Ман Сити"нинг совринсиз мавсуми ҳақида: "Сиз буни хоҳлаган бўлардингиз, лекин бу ҳақиқат эмас. Англия Суперкубогини қўлга киритдик! Бу етарли эмас, лекин биз ютдик"  2 15:23Гулер: "Алонсо қўл остида ўзимни "Реал"нинг муҳимроқ футболчиси сифатида ҳис қиляпман"  2 14:58"Челси" Жексон бўйича қарор қабул қилди  4 14:27"Арсенал" Хато билан музокара ўтказди  4 13:55"Реал" мухлислари учун хушхабар  4 13:21"Арсенал" жамоанинг эҳтимолий янги ўйинчисидан хафа  2 12:52"Тоттенхэм" 45 млн евролик харидни амалга ошириши мумкин  1

Farrux SHotursunov: Lokomotiv ustidan qozonilgan g'alabamiz eng muhimi bo'ldi Yangiliklar

Farrux SHotursunov: Lokomotiv ustidan qozonilgan g'alabamiz eng muhimi bo'ldi

Mavsumning dastlabki qismi va ikkinchi davraning boshida muxlislar kutgan o'yinni ko'rsata olmagan Dinamo klubi mavsumning so'nggi chorakini ancha muvaffaqiyatli o'tkazmoqda.
Jamoa jadvalning so'nggi o'rinlaridan qochishga ulgurib, so'nggi bahsda Gulistondan ishonchli g'alaba bilan qaytib, yilni turnir jadvali ekvatori - ettilikda ham tugatishi mumkin. So'nggi o'yinlarda bo'lgani kabi, Sirdaryodagi uchrashuvda ham Dinamoning yosh hujumchisi Farrux SHotursunov jamoasi g'alabasini taminladi. SHu bois so'nggi o'yinlarda maydonni golsiz tark etmayotgan hujumchi bilan suhbat qilishga qaror qildik.

- Farrux, sizni joriy yil kashfiyotlaridan biri sifatida ko'rsatish mumkin. Muxlislarga yaxshiroq tanishtirish uchun futboldagi dastlabki qadamlaringiz haqida malumot bersangiz…
- Oddiy bolalardek men ham ko'cha changitib to'p tepardim. Futbolga qiziqishim yuqori ekanligi bois, dadam meni futbol to'garagiga olib borgandi. 12 yoshimdan esa CHig'atoydagi futbol maktabida tahsil ola boshladim. U erdan esa 17 yoshimda Paxtakor klubiga taklif etildim. Uch yil davomida bu jamoa o'rinbosarlari safida to'p surganligimdan keyin, katta futbolga kirib keldim.

- Oliy ligadagi debyutingizni ham eslay olasizmi?
- Albatta. SHu yil boshida Ravshan Akmalovich Qizilqum klubiga taklif etdi. Debyutimni ham shu yili nishonladim. Bu Buxoroga qarshi safardagi 3-tur o'yinida edi. Afsuski, o'sha bahsda 1:3 hisobida g'alaba qozonayotib, 4:3 natijasida mag'lubiyatga uchragandik.

- Dinamoga kelishingiz qanday yuz berdi?
- Birinchi davra yakunlanmasidan oldin Ravshan Haydarov Dinamo bosh murabbiyi sifatida ish boshladi. Davralar oralig'ida esa meni ham Samarqandga chaqirdi va men Dinamo bilan shartnoma imzoladim. Xudoga shukur, hozirda jamoa, murabbiyimiz, muxlislarimiz ishonchini oqlashga harakat qilayapman.

- Jamoa ikkinchi davra boshlanishini omadli o'tkazdi, deb bo'lmaydi. Ammo, keyinchalik birdaniga barchasi ijobiy tomonga o'zgarib ketdi. Burilish nuqtasi nima bilan bog'liq edi, sizningcha?
- 18-turda So'g'diyonaga qarshi kechgan uchrashuvdan keyin jamoamizda katta burilish bo'ldi deb o'ylayman. O'z maydonimizda jizzaxliklar bilan hech kimni qoniqtirmagan durang natijasini qayd etganimizdan keyin murabbiyimiz barchamiz bilan alohida gaplashib oldi. O'sha o'yinda Dinamodagi birinchi golimni urdim va shu bilan gol urishni boshladim. Keyin Buxoro, Lokomotiv singari kuchli raqiblar ustidan g'alaba qozondik.

- Olmaliqdagi o'yinda 9-soniyada gol urib chempionat rekordini yangiladingiz. Bu qanday yuz berdi?
- O'yinni mezbonlar boshlashdi va to'p himoya chizig'ida etkazilayotganda raqiblar xatoga yo'l qo'yishdi. Pressingdan keyin to'pni olib darvozaga kiritdim. Menimacha, ham orada 10 soniya vaqt ham o'tmagandi.

- CHempionatning so'nggi 6 o'yinida 7 martaba raqib darvozasini ishg'ol etishga erishdingiz. Bu muvaffaqiyatni nima bilan izohlagan bo'lardingiz?
- Fikrimcha, Dinamo hozirga kelib yuqori sport formasiga kirib bordi. Biroq, afsuski yaxshi sport formasida bo'lganimizda chempionat yakunlanib qolmoqda. Umuman, gollarni kiritishimda jamoadoshlarimning hissasi katta. Qolaversa, Ravshan Haydarovning yosh futbolchilarga imkoniyat berayotganligini oqlashga intilayapmiz.

- Yakshanba kungi bahsda safarda Guliston 0:2 hisobida mag'lub etildi. O'yindagi ikki gol Oliy ligadagi ilk dublgiz bo'ldi…

- Bundan juda xursand bo'ldim. Guliston ligada qolish uchun bor kuch va imkoniyatini sarflamoqda. SHu bois o'yinning og'ir o'tishini kutgandik. Sirdaryoliklar gol urish uchun ko'p harakat qilishdi, biz esa qarshi hujumda ularni jazolashga intildik. Yakunda esa bizning taktikamiz samarali bo'lib chiqdi. Ikkita gol urib ishonchli g'alaba qozongan bo'lsakda, mavsumdagi og'ir o'yinlardan birini o'tkazdik.

- CHempionat yakunida mavsumdagi eng muhim va og'ir bahs sifatida qaysi o'yinni ko'rsatgan bo'lardingiz?

- Fikrimcha, chempionlik uchun kurashayotgan Lokomotiv ustidan Samarqandda so'nggi soniyalarda qozongan g'alabamiz eng muhimi bo'ldi. Eng qiyin o'tgan uchrashuv sifatida ham shu bahsni aytsa bo'ladi. Butun o'yin davomida himoyalanib, vaqt kutdik va so'nggi 90+5-daqiqada gol urgandik. Bu ajoyib g'alaba bo'lgandi.

- So'nggi turdagi Neftchiga qarshi o'yin bilan mavsumni yakunlaysizlar. Aytingchi, joriy chempionatdagi maqsad va rejalar amalga oshdimi? Mavsumdan qoniqdingizmi?
- Hali oldinda yana bitta o'yin bor. Juma kuni Farg'ona jamoasini muxlislarimiz qarshisida mag'lub eta olsak mavsumdagi natijamizdan biroz qoniqsak bo'ladi. Umuman, bu yilga maqsadlarimga erishayapman deya olaman. SHu yil Oliy ligada faoliyat boshlab, gollarim bilan muxlislarimiz ishonchini oqlashga intilayapman. Qaysidir manoda mavsumdan qoniqayapman desam bo'ladi.

- Keyingi yilgi rejalaringiz qanday?
- Bu haqda hali o'ylab ko'rganim yo'q. SHaxsan o'zim keyingi yil ham Dinamoda qolishni istagan bo'lardim. SHartnomam yil so'nggida yakuniga etadi. Jamoa meni o'z safida olib qolishni istasa Samarqandda faoliyatimni davom ettiraman.

Usmon Ibodov suhbatlashdi.

Malumotnoma:
Farrux SHotursunov
Tug'ilgan sanasi: 1992 yil, 11 may
Tug'ilgan joyi: Toshkent shahri.
Ampluasi: hujumchi
To'p surgan klublari:
Paxtakor o'rinbosarlari (2010-13)
Qizilqum (2013, birinchi davra)
Dinamo (2013, ikkinchi davradan boshlab).
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика