So’nggi yangiliklar

02:54ШОМУРОДОООООВВВВ!! Элдорнинг голи "Рома"га ғалаба келтирди!  73 00:55Конференциялар лигаси. "Челси" Данияда ғалаба қозонди, "Бетис"дан дуранг  0 00:40Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" дуранг ўйнади, "Тоттенхэм" ютқазди ва бошқа натижалар  12 00:18Гвардиола ПСЖ футболчисини "нишонга олган"  0 23:40"Челси" футболчиси жароҳат олди  0 23:17Дани Алвесни судга беришди  2 22:50Фонсека: "Адолатсизлик"  1 22:15ЕЧЛда ҳафта футболчиси маълум қилинди  5 21:35ТАРИХ ЯРАТИЛДИ! Абдуқодир Ҳусанов ой футболчиси!  47 21:15Жаҳон чемпионатида иштирокчилар сони янада оширилиши мумкин!  21 20:42Моуринью: "Мени дисквалификация қилганлар "Галатасарой" либосида буни нишонлади"  6 20:23А Серияда ойнинг энг яхши футболчиси маълум қилинди  3 19:58Ўзбекистон футзал федерацияси расмий ҳомийси эълон қилинди  1 19:33"Бавария" Нойер жароҳати борасида расмий хабар берди  3 19:28"Барселона" Ансу Фати билан келишувга эришди  9

Farruh Zokirov: "Nazarimda, bizning terma jamoamiz ham futzal bo'yicha Osiyo chempionatida yaxshi ishtirok eta oladi” Yangiliklar

Farruh Zokirov: "Nazarimda, bizning terma jamoamiz ham futzal bo'yicha Osiyo chempionatida yaxshi ishtirok eta oladi”

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida CAFA Women's Futsal Championship-2022 doirasida ayollardan iborat O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etdi.

Mazkur terma jamoa bosh murabbiyi sifatida Farruh Zokirov ishladi. Xo'sh, turnirdan Zokirov qanday taassurot oldi? Quyida uning fikrlariga quloq tutamiz.

"Tojikistondagi futzal musobaqasi yaxshi tashkillashtirildi. Bizda ayollar futzal chempionati o'tkazilmayotgan bo'lsa ham, yaxshi natijaga erishdik deb o'ylayman. Turnir davomida Eron ayollar terma jamoasi menda yaxshi taassurot qoldirdi. U erda futzal chempionati borligi uchun ularning saviyasini ko'rish qiziq tuyuldi.

Bizda ham ayollar o'rtasida futzal chempionati tashkil qilish mumkin, albatta. Deylik, qishda futzal chempionatini o'tkazish har tomonlama terma uchun ham, futbolchi qizlar uchun ham foydali. Natijada, futzal bo'yicha Osiyo chempionatida yaxshi ishtirok eta olamiz. Musobaqada bizning futzalchi qizlarimizda ham katta ishtiyoq borligi ko'rindi", – deb so'zini yakunladi Zokirov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика