So’nggi yangiliklar

21:03Суперлига. Пенальтидан гол урилмаган "Бунёдкор" ва "Насаф" учрашувида кетма-кет учинчи марта 2:2 ҳисоби қайд этилди  59 20:23Шавкат Юсупов: "Махаррам Абелфазов етакчилик қобилиятини кўрсата оляпти"  2 20:08Махсуджон Зокиров: "Бугунги ўйинда хатолар кўп бўлди"  0 19:48АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Лидс" устидан ғалабага эришди  3 19:15Эшитдик-да! ЎФА МТЖ мураббийи билан шартномани бекор қилди  13 18:58Суперлига. Кубок финалидан олдинги репетицияда "Пахтакор" "Бухоро"ни меҳмонда йирик ҳисобда енгди  31 18:53Суперлига. "Динамо" Термизда ишончли ғалабага эришди  11 18:41"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини эфирга узатилмайди?!  34 18:26"Ордабаси" — "Тобол". Қозоғистон кубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 17:57"Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 17:50Про лига. "ФарДУ" ва "Олимпик MobiUz" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  2 16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  3 15:58МЮ "Сандерленд"га мағлуб бўлса, Аморимни истеъфога чиқариши мумкин  7 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  24 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1

Farruh SHotursunov: "Koronavirus o'zbek futboliga soya solmasligi kerak" Yangiliklar

Farruh SHotursunov: "Koronavirus o'zbek futboliga soya solmasligi kerak"

Teglar :  Farruh SHotursunov
O'tgan mavsumni Qozog'iston birinchi ligasining "Maxtaaral" klubida o'tkazgan Farruh SHotursunov ayni damda karantin tufayli O'zbekistonda bo'lib turibdi.

Saytimiz muxbiri futbolchi bilan bog'lanib, intervyu tashkil etdi. Quyida mazkur intervyuning to'liq shakli bilan tanishishingiz mumkin.

- Farruh, o'tgan mavsumni Qozog'iston chempionatida o'tkazgan edingiz. Ayni damda karantin tufayli bu davlatda futbol uchrashuvlari to'xtatilgan. Hozirgi kunda nimalar bilan bandsiz?

- Ha, ayni vaqtda O'zbekistondaman. Karantin tufayli Qozog'istonga ketolmadim. Bundan tashqari u erda futbol uchrashuvlari nomalum muddatga to'xtatilgan. SHu bois endilikda erkin agentman.

- Qozog'iston va O'zbekiston chempionatlarida qanday farqni sezdingiz?

- Aslida farq unchalik ham katta emas. Birgina farqi shuki, bizda texnik jihatdan futbol tashkil etilsa, Qozog'istonda asosan jismoniy imkoniyat yuqori bo'lishi talab etiladi. Yani futbol uchrashuvlari kurashlardan iborat bo'ladi.

- "Maxtaaral"dagi natijalaringiz qanday bo'ldi?


- Qozog'iston birinchi ligasiga o'tgan mavsum yarmida borib qo'shildim. Jami 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta gol urdim, 4 ta uzatmani amalga oshirdim. Jamoamizni quyi o'rinlardan yuqori o'rinlarga olib chiqishga o'z hissamni qo'shishga harakat qildim.

- Bilamiz, O'zbekiston chempionatlarida bir nechta Superliga va PRO-Liga klublari safida o'ynagansiz. Qozog'iston chempionatiga o'tish fikri qanday paydo bo'ldi?


- Superligada oxirgi klubim "Metallurg" bo'lgan. Undan keyin PRO-Liga vakili "Nurafshon" jamoasi safida o'ynadim, mavsum yakunida V PRO-Ligada chempionlikka erishdik. Lekin turli moliyaviy xolatlar sabab klub yopilib ketdi. Mavsum davomida "Maxtaaral"dan bo'lgan taklifni qabul qildim va jamoa tarkibiga qo'shildim. Menda legioner sifatida o'zimni sinab ko'rish istagi ham bor edi.

- Xabaringiz bo'lsa, bizda avgust oyining ikkinchi yarmidan boshlab Superliga uchrashuvlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida markazlashgan xolda o'tkaziladi. Mazkur holatga munosabatingiz qanday?


- Futbol o'ynashga imkoniyat bormi, demak chempionatni o'tkazish kerak. Superligani markazlashgan holda tashkil etilishini ijobiy baholayman. Koronavirus bizni chempionatimizga, o'zbek futboliga soya solmasligi kerak. Oldinda terma jamoalarimizni xalqaro uchrashuvlar kutib turibdi. Futbolimiz mutassaddilari ham bu borada o'ylab ko'rib shu qarorga kelishgani aniq.



Bekzod Tolibov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика