So’nggi yangiliklar

03:00Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Эспаньол"га мағлуб бўлди, "Атлетико" билан орадаги фарқ — бир очко  64 01:58Назорат учрашуви. "Бунёдкор" Косово жамоасидан устун келди  0 00:45Ла Лига. "Атлетико" Мадридда "Мальорка"ни мағлуб этди. Гризманн яна гол урди  10 00:15ПСЖ йирик хисобда ғалаба қозонди, Дембеле хет-трик қилди, Рамуш эса дублга эришди.  4 23:04"Барселона" собиқ ўйинчиси Артур Ла Лигага қайтди  13 22:41Бундеслига. "Бавария" ва "Хольштейн Киель" ўртасидаги ўйинда 7та гол урилди, "Боруссия" меҳмонда "Хайденхайм"дан устун келди  15 22:08АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Борнмут"дан устун келди, "Эвертон"дан 4:0, "Саутгемптон" ва "Фулхэм"дан меҳмондаги ғалаба  12 21:36Озарбайжон чемпионати. "Сумқайит" ўз уйида "Араз" билан дуранг ўйнади, Жалолиддинов 62 дақиқа ҳаракат қилди  4 21:04"Наполи" Кварацхелиянинг ўрнини Саудия Арабистонидаги ўйинчи билан тўлдиради  2 20:37Асенсио АПЛ клубига ўтиши мумкин  1 19:57Назорат ўйини. "Нефтчи" Қозоғистон клубини таслим қилди  8 19:48Баҳодир Мирзаев: "Қуръадан кўнглимиз тўлди, буёғига амалда кўрсатиш қолди"   5 19:35АПЛ. "Ноттингем Форест" жавобсиз 7та гол урди  11 19:30Иван Бошкович: "Бизга энг қийин рақиб рўбарў келди"   14 19:25Тўртта баҳс учун таркиблар маълум бўлди  1

Farruh Ikromov: "Bunyodkor" rahbarlaridan futbolchilarga etiborliroq bo'lishlarini so'rab qolaman" Yangiliklar

Farruh Ikromov: "Bunyodkor" rahbarlaridan futbolchilarga etiborliroq bo'lishlarini so'rab qolaman"

Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Superliganing 15-turida Olmaliqda "Metallurg"ga qarshi maydonga chiqdi.

Qiziqarli kechgan uchrashuvda SHuhrat Maqsudov shogirdlari 2:0 hisobida g'alabani nishonladi. O'yin jamoaning tezkor yarim himoyachisi Farruh Ikromovga ataldi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Birinchi bo'limdan so'ng tanaffusga 0:0 hisobida tanaffusga chiqib ketgan "qaldirg'ochlar" ikkinchi bo'lim boshida Farruh Ikromovning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. 72-daqiqaga kelganda Ikromovning ajoyib uzatmasidan keyin Mirjahon Miraxmatov “Metallurg” darvozasini ishg'ol etdi.  Mazkur bellashuvdan so'ng Farrux Ikromovning fikrlarini tingladik. 

- "Metallurg" bilan o'yin haqida...

- O'yin muxlislar uchun qiziqarli kechdi, deb o'ylayman. O'tgan o'yinda ochko yo'qotganimiz sababli "Metallurg"ni yutishimiz shart edi. Boz ustiga birinchi davrada ularga mag'lubiyatga uchragandik. Revansh olish hissi yuqori bo'ldi. Uchrashuv davomida o'zimni erkin tutishga harakat qildim. SHuningdek jamoadoshlarimning qo'llab-quvvatlashi ham qo'shimcha kuch berdi.

- Oldingiga qaraganda harakatlaringizda o'sish kuzatilayotgandek. Sizni "Bunyodkor" tarkibidagi ilk o'yiningizdan bilaman. To'pni ko'proq o'zingizda ushlashga urinasiz. Qaysidir manoda qizg'anchiq edingiz. O'sishingiz bu yil sizga asosiy tarkibda ko'p imkoniyat berilayotganidami?

- O'tgan mavsumlarda ko'pincha zaxiradan o'yinni kuchaytirish maqsadida tushirishardi. Bilasiz har bir murabbiyning o'z uslubi bor. To'pni qizg'anish menimcha har bir hujumchiga hos hislat, deb o'ylayman. Lekin joyi kelsa to'pni oshirishga harakat qilaman. Endi bu o'yin paytidagi vaziyatga bog'liq. Jamoadoshlarim bilan har bir uchrashuvda bor kuchimiz bilan o'ynashga harakat qilamiz. 

- "So'g'diyona"ning tajribali vingeri Jasur Hasanov saytimizga bergan intervyusida "Bunyodkor" va "Paxtakor" jamoalarida o'rinbosarlarim bor, degan fikrni bildirgandi. Qiziq futbolchi balki sizni nazarda tutgandir? Boisi o'yin uslubingiz Jasur Hasanovga o'xshab ketadi...

- "Bunyodkor"da bunday uslubdagi futbolchilar ko'p. Jasur Hasanov aynan meni nazarda tutgani yoki tutmagani qorong'u. 

- Bunday o'sishdan so'ng tabiiyki skautlar, agentlar etiboriga tushishingiz tabiiy. Balki keyingi mavsumda sizni legioner sifatida biror xorij jamoasida ko'rarmiz? Qiziqishlar bormi?

- Har bir futbolchining orzusi legioner sifatida to'p tepish. Qiziqishlar bor, yo'q emas. Takliflarni ko'rib chiqib faoliyatim uchun foydali bo'lgan qarorni qabul qilaman. Bu borada adashmayman, degan umiddaman. 

- "Bunyodkor" shu paytgacha eng yomon natijasi 4 o'rin bo'lgan. Bundan pastga tushib ketmagan. Lekin jamoaning hozirgi egallab turgan o'rni biroz havotirli...

- "Bunyodkor" o'z o'rniga ega jamoa edi. Hozir boshqacha bo'lib qolgan, deyish noo'rin. SHunchaki klub rahbarlaridan futbolchilarga etiborliroq bo'lishlarini so'rab qolardim. Nolish yo'q, xudoga shukur Lekin aytganimdek biroz etibor berilsa hammasi yaxshi bo'lardi. 

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика