So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  0 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  0 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Farruh Ibrohimov: "Ikkinchi davrada jamoamiz o'yin tomonlama o'sishga erishdi" Yangiliklar

Farruh Ibrohimov: "Ikkinchi davrada jamoamiz o'yin tomonlama o'sishga erishdi"

Bekobodning "Metallurg" jamoasi birin-ketin g'alabalar qozonib, turnir jadvalida ko'tarilmoqda.

Jumladan, Superliganing 20-turida bekobodliklar safarda "Qizilqum"ga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g'alaba qozonishdi. Ushbu o'yindan keyin "Metallurg" futbolchisi Farruh Ibrohimov fikrlariga quloq tutdik.

- Farruh, dastlab "Qizilqum" bilan o'yin haqida fikrlaringiz bilan bo'lishsngiz...

- Navoiyda juda qiyin bahs o'tishini oldindan bilardik.  SHunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Murabbiylar tomonidan berilgan ko'rsatmalarni to'liq bajarishga harakat qildik. Jamoamiz bilan g'alaba qozonishni astoydil istadik va yakunda muvaffaqiyat qozondik.

- "Metallurg" ikkinchi davraga kelib o'z o'yinini topib olgandek....

- Darhaqiqat, biz birinchi davraga qaraganda ancha sifatli barqaror va hujumkor o'yin ko'rsatmoqdamiz. O'yin jihatidan o'sishga erishdik.

- Jamoa mavsumni qaysi o'rinda tugatishni maqsad qilgan?

- Xudo xohlasa, kuchli oltilikka kirish va muxlislarni chiroyli o'yinlarimiz bilan yanada xursand qilish.

- Ayting-chi, joriy mavsumdagi faoliyatingizdan qoniqish hosil qilyapsizmi?

- Joriy mavsum boshidan beri bosh murabbiyi menga ishonch bildirib, o'yin amaliyoti bermoqda. Futbolchi sifatida bu mavsum o'sishga erishdim. SHu o'rinda menga ishonch bildirayotgan bosh murabbiyga minnatdorchilik bildiraman.

- Umuman olganda, bosh murabbiyning talablarini tushunishda muammo bo'lmayaptimi?

- Bilasizmi, jamoamiz bosh murabbiyi ko'proq hujumkor o'yin talab qilmoqda. Qolaversa, ko'rsatmalarni tushunib olish qiyin bo'layotgani yo'q.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика