So’nggi yangiliklar

21:00Суперлига. "Пахтакор" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  97 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  3 20:50Суперлига. "Динамо" – "Насаф" 2:1 (матнли трансляция)  44 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  2 19:25Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  8 19:17"Пахтакор" — "Навбаҳор". Таркиблар маълум  7 18:43Ўзбекистонлик футболчи Россия Медиалигасини ёндирмоқда  2 18:13"Арсенал" янги музокаралардан сўнг Гёкереш трансферига яқинлашди. Ҳужумчи "Спортинг"ни тарк этмоқчи  10 17:45Тимур Кападзе: "CAFA - яхши турнир бўлади. Ҳали шартномам янгиланмади"  22 17:10Котрина Кулбите: "Нима бўлганда ҳам биз йўлланмани қўлга киритдик"  2 16:46"Бунёдкор" "Андижон"ни мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 16:35Футболчиларимиз Осиё чемпионати йўлланмаси қўлга киритилганидан сўнг нималар деди?  3 16:12"Арсенал" 65 млн евролик трансферни эълон қилди  7 15:20Сон Хён Мин МЛС клубига рад жавобини берди  0 14:36"Манчестер Юнайтед" "Челси" ярим ҳимоячиси учун 40 млн евро тўлашга тайёр  0

“Farovon” - 1-BO'SM. Uchrashuvdan keyingi fikrlar Yangiliklar

“Farovon” - 1-BO'SM. Uchrashuvdan keyingi fikrlar

Ikkinchi liga doirasidagi “Farovon” (Marg'ilon) - 1-BO'SM (Marg'ilon) (2:2) uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa bosh murabbiylari va eng yaxshi futbolchilar “Championat.asia” saytiga intervyu berishdi.

Islomjon Ismoilov ("Farovon" bosh murabbiyi)- Bugungi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz...- Bizning jamoamiz yig'ilganiga hali ko'p bo'lmadi. Ikki hafta mobaynida  yangi yig'ilgan jamoamiz bilan mashg'ulotlar olib bordik. SHu bois bugun o'zlaring guvoh bo'ldinglar, jamoamiz to'liq futbol o'ynadi deb ayta olmayman, futbolchilarimiz bir-birlarini tushunib, jamoaviy o'yin ko'rsata olishmadi. To'g'ri, jamoamiz yig'ilganiga qisqa fursat bo'lgani, birinchi uchrashuv ekanligi uchun shu kabi xatolar bugungi uchrashuvda ko'p kuzatildi. Endi xatolarimizni ko'rib oldik, bundan buyon har bir chiziq ustida jiddiy ishlaymiz.    

- “Farovon” jamoasining kelajakdagi rejalari qanday? Jamoa oldiga PRO-liga vazifasi qo'yilganmi?
- Xabaringiz bor, bizning jamoamiz o'tgan mavsumda o'tish bahsida Oltiariq tumanining “Iftixor” jamoasiga imkoniyatni boy berib, PRO-ligaga chiqa olmagandi. Bu mavsumda ham jamoamiz oldiga PRO-liga vazifasi qo'yilgan. Marg'ilon shahar hokimi bizga topshiriq berib, PRO-liga chiqish vazifasini qo'ydi. SHundan kelib chiqib, qisqa fursat ichida jamoani to'pladik. Bu mavsumda ham maqsadimiz o'zgarmaydi, “Farovon” jamoasini PRO-ligaga olib chiqishga harakat qilamiz.    



Doniyor Valiev ("Farovon" futbolchisi)
- Doniyor, bugungi uchrashuv haqida qanday fikrdasiz?
- Biz uchrashuv boshidanoq o'yin nazoratini o'z qo'limizga olishga urindik. Uchrashuv davomida jamoamizda bazi xatolar kuzatildi. SHu bois uchrashuvda durang natija qayd etildi deb o'ylayman. Raqib jamoa ham yaxshi shakllangan ekan, ular bizga munosib qarshilik ko'rsatishdi. Bugun har ikkala jamoa ham yaxshi uchrashuv o'tkazdi deb o'ylayman. Umuman olganda derbiga xos o'yin bo'ldi.  

- Kelajakdagi rejalaringiz haqida gapirib o'tsangiz...
- Kelajakda Superliga jamoalarida o'ynash niyatim bor. SHuningdek O'zbekiston terma jamoalarida , yoshlar,  milliy terma jamoalarda o'ynashni chin dildan istayman. Vatanimiz shanini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilish – bu mening futboldagi eng asosiy orzuim hisoblanadi.  



Jamoliddin Qosimov (1-BO'SM bosh murabbiyi)
- Bugungi uchrashuv haqida qanday fikrdasiz?
- Albatta, bugun biz uchun birinchi o'yin edi. “Farovon” jamoasi yaxshi shakllangan, qiyin o'yin bo'lishini bilar edik. SHu bois bugungi uchrashuvga puxta tayyorgarlik ko'rdik. Bizning jamoamiz yosh futbolchilardan iborat jamoa, eng yoshi katta futbolchimiz ham 2000-yilda tug'ilgan. Bizning jamoa Marg'ilon 1-BO'SM jamoasi nomi ostida ikkinchi liga bahslarida ishtirok etmoqda. Bugun Marg'ilon derbisida  jamoamiz futbolchilari o'z akalariga qarshi o'ynab, 2:2 hisobida durang qayd etishdi. Bundan biz judayam xursandmiz. Bundan buyog'iga xato va kamchiliklarimiz ustida ishlaymiz, jamoamizni yanada kuchaytirishga harakat qilamiz.        

- Jamoaning kelajakdagi rejalari haqida aytib o'tsangiz...
- Jamoamiz oldida shunday vazifa bor, biz o'zbek futboliga mahoratli va yosh futbolchilarni tayyorlab berishga harakat qilamiz.  Tarkibimizda 20 nafar yosh futbolchilar bor, biz ularni PRO va Superliga jamoalariga munosib tayyorlash borasida ish olib borayapmiz.Barcha qo'l ostimdagi futbolchilarga kelajakdagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilayman.  


Oyatillo Saidjalolov (1-BO'SM futbolchisi)
- Oyatillo, bugungi uchrashuvdan olingan taasurotlar bilan o'rtoqlashsangiz...
- Bugun yaxshi uchrashuv bo'ldi. Biz Marg'ilon shahrining yana bir jamoasi, “Farovon” bilan o'ynadik. Uchrashuvdan olingan tassaurotlar alo darajada.  Jamoamiz yosh futbolchilardan iborat bo'lishga qaramasdan biz bu uchrashuvda durang natija qayd eta oldik.

- Kelajakda Oyatillo Saidjalolovning qanday rejalari bor?
- Har bir futbolchi kabi men ham o'z oldimga O'zbekiston milliy terma jamoasi safida to'p surishni maqsad qilganman. Vatanimiz futboliga munosib hissamni qo'shib, O'zbekiston bayrog'ini yanada yuksaklarga ko'tarmoqchiman.



Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика