RPL 21 iyun kuni muxlislar bilan restart oladi

Eldor Akmurzayev
28 may 2020
Rospotrebnadzor (Istemolchilarning huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish federal xizmati) RPL bilan 21 iyundan uchrashuvlarni ishqibozlar bilan o'tkazish to'g'risida kelishib oldi.

Stadion tribunalarining 10 foiz to'lishiga ruxsat beriladi.

Qayd etilishicha, “Zenit”, “Spartak”, SSKA va “Krasnodar” bahslarni tomoshabinlar bilan o'tkazishni qo'llab-quvvatlashgan.

Rossiyada COVID-19 bilan bog'liq 379.051 holat qayd etilgan, oxirgi kunda esa 8.371. Jami 150.993 kishi kasallikdan tuzalgan, 4.142 bemor esa vafot etgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru