So’nggi yangiliklar

18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  0 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  2 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  4 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  7 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5

Farhod Tojiev: OCHLda "Lokomotiv"ga yordam bermoqchiman Yangiliklar

Farhod Tojiev: OCHLda "Lokomotiv"ga yordam bermoqchiman

Kecha Germaniyadan qaytib kelgan Farhod Tojievdan sog'lig'ini bilish maqsadida u bilan bog'landik.
"O'zimni ancha yaxshi his etyapman. Avvalo "Lokomotiv" rahbarlariga o'zimning katta minnatdorchiligimni bildirib o'tsam. Og'ir jarohat olishimga qaramay, menga jamoaning to'laqonli azosi sifatida qaradilar va maoshimni o'z vaqtida berib bordilar. Undan tashqari ikki marotaba Germaniyada bo'lib qaytdim. Barcha xarajatlarni klub o'z zimmasiga oldi. Bu esa menga qo'shimcha kuch bo'ldi va ular oldidagi vazifamni ado etish uchun tezroq sog'ayishga harakat qildim. 2 haftadan keyin yugurishni boshlayman. 20 dekabrdan keyin esa to'liq jamoa mashg'ulotlarida ishtirok etishim mumkin", - deydi Tojievlarning kenjasi.

- Sog'ayish jarayonida muammolar bo'lmadimi?
- Aslida 1 hafta avval qaytishim kerak edi. Lekin ha deganda ahvolim o'nglanavermagach, shifokorlar yana bir bor jiddiy ko'rikdan o'tkazdilar. Keyin o'zimni yaxshi his qila boshladim. Oyog'imdagi og'riq ham yo'qoldi. O'ylaymanki, yangi mavsumning ilk o'yinlarigacha tayyor bo'laman.

- OCHLda katta ehtimol bilan 1+2 yo'llanmasiga ega bo'lyapmiz...
- Yo'g'-e? Unda bizdan ikka karra yaxshi tayyorgarlik ko'rish talab qilinar ekan. Garchand "Lokomotiv" bilan shartnomam yakuniga etgan bo'lsa-da, bu jamoa rahbariyatining oldida yaxshi o'yinlarim bilan javob qaytarishim kerak. Ular og'ir damlarda meni tashlab qo'yishmadi. SHuning uchun boshqa jamoa haqida o'ylamasdan, "Lokomotiv"ni OCHL guruh o'yinlariga olib chiqish uchun mehnat qilaman.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика