So’nggi yangiliklar

12:09Кучли бешлик чемпионатлари старт олмоқда. Учрашувларни қайси телеканал кўрсатади?  4 11:37"Олтин тўп"га даъвогар футболчи Саудия Арабистонидан тушган йирик таклифни қабул қилмади  3 11:06"Челси" сардори мавсум бошланмасидан жароҳат олди  2 10:40Англиянинг 90 йиллардаги энг яхши футболчилари рўйхати тузилди  1 10:12Саудияликлар Дибалага қанча маош таклиф қилгани маълум  1 09:45Рафаэль Варан "Комо"даги дебют ўйинида жароҳат олди  3 09:17Криштиану Роналду Саудиядаги фаолияти ҳақида гапирди  9 08:49"Adidas" "Реал", "Ювентус", МЮ, "Арсенал" ва "Бавария" афсоналарини жамлаган ҳолда жамоаларнинг учинчи либосларини ретро услубда тақдимот қилди  2 08:21Ўртоқлик учрашуви. "Ал Ваҳда" "Ал Жазира"ни мағлуб этди. Эркиновдан гол+пас  6 07:54"Барселона" клуби яна бир афсонаси билан хайрлашганини эълон қилди  5 07:26Суперлига. Бугун Олмалиқда яна бир супер ўйин бор  5 01:46Команнинг "Барселона"га ўтиши истисно этилмаган, аммо "блауграна"ни вингернинг жароҳатлари ва маоши хавотирга солмоқда  3 01:22"Ливерпуль" ван Дейкка янги шартнома таклиф қилмайди?!  1 00:58Александр Хомяков: "Бугунги ўйинда ҳеч нарса ўхшамади, нима бўлганини тушуна олмаяпман"  12 00:34Иван Бошкович: "Ишлашимиз лозим бўлган жиҳатлар бор"  3

Farhod Safarov: "Raqiblarni “JAR” stadionida qabul qilamiz" Yangiliklar

Farhod Safarov: "Raqiblarni “JAR” stadionida qabul qilamiz"

Ertaga futbol bo'yicha O'zbekiston XV milliy chempionatiga start beriladi.

Yangi mavsum avvalgilaridan shiddatli o'tishi kutilmoqda va buning o'ziga yarasha sabablari bor. Joriy mavsumda chempionlik uchun asosiy kurash har doimgidek “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor” va “Nasaf” jamoalari o'rtasida kechishi kutilmoqda. Qolaversa, yubiley chempionatimizda “Neftchi”, “Olmaliq”, “Buxoro” singari klublar Osiyo CHempionlari ligasi yo'llanmasi uchun kurash olib borishi ehtimoldan xoli emas. Ushbu omillar tabiiyki hali mavsum boshlanmasdan unga bo'lgan qiziqishni oshiradi. SHu bilan birga yangi mavsumda oliy liga debyutanti “Obod” klubidan ham muxlislarga o'ziga xos “sovg'a” hozirlangan, desak mubolag'a bo'lmaydi.

2013 yilda tashkil topgan jamoa atigi uch yil ichida milliy futbolimiz elitasigacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi. Oliy ligagacha bo'lgan masofani bundan qisqaroq vaqt ichida faqat “Quruvchi” (hozirgi “Bunyodkor”) jamoasigina bosib o'ta olgan. Bugungi kunda “qaldirg'ochlar” o'zbek futbolining bayroqdorlaridan biriga aylanib ulgurishganligini barcha yaxshi biladi. Ajab emaski, “Obod” timsolida yana bir shunday jamoa shakllanib kelayotgan bo'lsa. Bunday fikrga kelishimizning boisi, poytaxtning oliy ligadagi to'rtinchi vakili mavsumga tayyorgarlik jarayonida ko'pchilikni ajablantiradigan natijalar qayd etdi. Debyutant jamoa nazorat-sinov uchrashuvlarida faqatgina amaldagi chempion “Paxtakor”ga barcha jabhada imkoniyatni boy berganligini aytmaganda, qolgan klublar bilan tengma-teng, hattoki kuchliroq ham o'ynashdi. Ushbu omillar bizni “Obod” jamoasining yangi mavsumga tayyorgarliklari haqida to'liqroq material tayyorlashga undadi va shu maqsadda klub tomon yo'l oldik. Dastlabki suhbatdoshimiz klub direktori Farhod Safarov bo'ldi.

- Farhod aka, avvalo sizni yangi futbol mavsumining boshlanishi bilan tabriklaymiz. “Obod” klubi oliy ligada debyutant jamoa sifatida ishtirok etmoqda. SHu bois mavsum oldidan hayajon bo'lsa kerak.

- Albatta. Bilasiz, “Obod” jamoasining tashkil topganiga ko'p bo'lgani yo'q. O'tgan yili 1-ligada muvaffaqiyatli to'p surdik va yakunda oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Mavsum tugagach ko'plab futbolchilarimiz bilan oliy liga klublari jiddiy qiziqishdi va biz tanlash huquqini ularga qo'yib berdik. Bilasizmi, yigitlarimiz oliy liga jamoalarining har tomonlama manfaatli bo'lgan takliflarini rad etishgan holda “Obod”da qolish va jamoamizga yordam berish istagini bildirishdi. Bundan xursand bo'ldik va bu o'z navbatida jamoamizda ajoyib muhit shakllanganligidan darak beradi. Endi oliy ligada ham munosib ishtirok etishga harakat qilamiz.

- Jamoa PFL va OFKning talablarini to'liq bajardimi?

- Aks holda bizga oliy ligada o'ynash uchun ruxsat berishmasdi. Albatta, klub PFL hamda OFK talablarini to'liq bajardi. Jumladan, OFKning talablaridan kelib chiqqan holda o'z maktabimizni ochdik va unda ayni paytda 100ga yaqin iqtidorli yoshlar bir nechta guruhda yuqori malakali mutaxassislar qo'l ostida futbol sirlarini o'rganishmoqda. CHempionat doirasidagi o'yinlarda raqiblarni “JAR” stadionida qabul qilamiz. Bu borada stadion bilan kelishuvga erishilgan. Bilasiz, mazkur stadionda nafaqat ichki, balki xalqaro uchrashuvlarni ham o'tkazish mumkin. Bizga shunday ajoyib stadionda to'p tepish imkoniyatini taqdim etgani uchun “JAR” stadioni rahbariyatiga minnatdorchiligimizni bildiramiz.

- Mavsumoldi tayyorgarlik jarayonidan ko'nglingiz to'ldimi? O'ylagan rejalarga qanchalik erishildi?

- Ha, o'ylagan rejalarimiz amalga oshdi. Mavsumga tayyorgarlikni dekabr oyidan boshladik va Toshkentda ikki bosqichdan iborat o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdik. So'ngra jamoa BAAda ikki haftalik yig'in o'tkazdi. O'ylaymanki, qilingan mehnatlar o'z samarasini bermasdan qolmaydi.

- Sir bo'lmasa jamoada moliyaviy holat qay darajada?

- Bu borada hech qanday muammo yo'q. Futbolchilar va klub xodimlari uchun nafaqat 2015 yilgi maoshlar to'liq to'langan, balki joriy yil yanvar oyi uchun ham maoshlarni berganmiz. O'zbekiston milliy chempionatida qatnashish uchun PFLga azolik badalini ham birinchi bo'lib to'liq to'lab qo'ydik. Garchi “Obod” xususiy klub sanalsa-da, rahbariyat jamoani har tomonlama qo'llab-quvvatlayotganligini alohida takidlab o'tmoqchiman.


Obod FK matbuot xizmati

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика