Farhod Safarov: "Obod" o'zbek futbolidagi birinchi xususiy klub hisoblanadi"
18 mar 2017 21:54
Yangiliklar
Farhod Safarov: "Obod" o'zbek futbolidagi birinchi xususiy klub hisoblanadi"
"Buxoro" - "Obod" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar jamoa boshlig'i Farhod Safarov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bu sport, g'alaba o'z o'zidan bo'lmaydi. Juda qiyin o'yinda 3 ochkoga ega chiqdik. "Obod"ning mavsumdagi birinchi g'alabasi bo'ldi.
"Obod" o'zbek futbolidagi birinchi xususiy klublardan biri hisoblanadi. Maqsadimiz oliy ligada munosib ishtirok etish.
"Buxoro"
jamoasini juda yaxshi bilaman. Yanvar oyida bu klub bizning stadionimizda
mashg'ulotlar o'tkazdi. Ammo klubda keskin o'zgarishlar yuz berdi va
murabbiylar almashdi. Jamoa endi shakllanmoqda. Mavsum boshi baracha uchun
og'ir kelishini bilardik.
Rauf Inileev "Obod" - "Bunyodkor" uchrashuvida zaxira o'rindig'ida bo'lsa kerak", - deydi Farhod Safarov.
"Obod" matbuot xizmati
Fikrlar