Farhod Nishonov: “Bizda kichik Quttiboev bor”
28 avg 2024 22:59
Yangiliklar
Farhod Nishonov: “Bizda kichik Quttiboev bor”
Pro-liganing 18-turidan o'rin olgan “Aral” - “Olimpik MobiUz” (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Farhod Nishonov matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O'yin haqida
- O'yin uchun yigitlarga raxmat aytaman. Ular bugun berilgan ko'rsatmalarni yaxshi bajarishdi. Biz bugun raqibdan va maydondan kelib chiqib, uslubimizga o'zgartirish kiritdik.
- Jamoaning jismoniy holati qanday?
- Jismoniy holatimiz yaxshi. Bu borada bizda muammo yo'q. Hech qaysi jamoadan qolishayotganimiz yo'q. Oxirgi daqiqalarda gol urayotganimiz bu normal holat.
- Quttiboevlar to'qnashuvi haqida fikringiz?
- SHunaqasi ham bo'lib turadi. Bizning jamoada kichik Quttiboev bor. O'yindan oldin o'zidan so'radim, yaqinlariga qarshi o'ynash balki hayajon olib kelishi mumkin bo'lardi. Biroq, uning o'zi o'yinga tayyor ekanini aytdi. Kelajagi porloq futbolchi bo'lib etishishiga ishonaman. O'ynadi, o'zini ko'rsatdi.
O’xshash yangiliklar
19:08
"Arqadag'" mavsumdagi barcha o'yinda g'alaba qozonib, uchinchi bor Turkmaniston chempioni bo'ldi 30
championat.asia
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!
The Best 2025. ФИФАнинг 2025 йилнинг энг яхши футболчиси соврини учун номзодлар рўйхати эълон қилинди
"Арқадағ" мавсумдаги барча ўйинда ғалаба қозониб, учинчи бор Туркманистон чемпиони бўлди
Fikrlar