So’nggi yangiliklar

20:15Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  1 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  4 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  20 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0

Farhod Bekmurotov: "O'zimni kuchliroq jamoada sinash istagi tug'ildi. Andijonlik muxlislar doimo qalbimda qoladi" Yangiliklar

Farhod Bekmurotov: "O'zimni kuchliroq jamoada sinash istagi tug'ildi. Andijonlik muxlislar doimo qalbimda qoladi"

"Andijon" jamoasining sardori va etakchisi Farhod Bekmurotov jamoasini o'zgartirdi.

Futbolchi keyingi mavsumdan etiboran "Qo'qon-1912" sharafini himoya qiladi. Biz yangi jamoaga o'tgan Farhod Bekmurotovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Andijon" jamoasida 2014 yildan beri to'p tepib kelayotgan edim. To'g'risi tark etish biroz qiyin bo'ldi. Ketishimning birdan-bir sababi o'zimni kuchliroq jamoada sinab ko'rishni o'yladim. Muxlislarga katta rahmat aytaman, etti yil ichida issiqni issiq, sovuqni sovuq demasdan qo'llab-quvvatlashdi. Ular doimo qalbimda qoladi. Nasib qilsa bir kun kelib qaytaman. Doimo sog' va salomat bo'lishlarini, sevimli jamoamizni olqishlashdan charchamasliklarini tilab qolaman. 

Ha boshqa jamoalardan ham takliflar tushgani rost. Qo'ng'iroq qilishganida to'g'ri tushuntirib uzurimni aytib qo'ydim. Taklif uchun barchalariga minnatdorchilik bildiraman, meni to'g'ri tushunishdi degan umiddaman. "Qo'qon-1912"ga Baxtiyor aka Ashurmatov chaqirdilar. Endilikda maqsadim o'zimning imkoniyatlarimni kuchli klubda sinab ko'rish va jamoaga yuqori o'rinlarni egallashiga qo'limdan kelganicha yordamlashish",- deydi Bekmurotov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика