Farhod Bekmurotov: "G'alabaga teng bo'lgan durang qayd etdik"
26 iyu 2020 23:17
Yangiliklar
Farhod Bekmurotov: "G'alabaga teng bo'lgan durang qayd etdik"
Mazkur tur doirasida "Sug'diyona" jamoasi mehmoni bo'lgan "burgutlar" ortga qimmatli bir ochko bilan qaytadigan bo'lishdi. O'tgan uchrashuvlarda poytaxt jamoalaridan uch ochko tortib olgan Ulug'bek Baqoev shogirdlari "Andijon" bilan bellashuvda etarlicha qarshilikka duch kelishdi. Mezbonlarni g'alabadan mosuvo qilgan andijonliklar sardori Farhod Bekmurotov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Natijadan kelib chiqib aytadigan bo'lsam g'alabaga teng durang bo'ldi. CHunki, raqibimiz bizdan oldin poytaxtning ikki grand jamoasini yutgandi. Biz ham, "Sug'diyona" ham yomon o'yin o'tkazmadik. O'zimizda kuch va iroda topish ustida ruhan mashg'ulotlarda ishlagandik. Bu esa bugun o'z mevasini berdi. O'ylaymanki, murabbiylarimizni ko'rsatmalarini to'g'ri bajara oldik. Barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib raqibning kuchli tomonlarini zararsizlantirdik.
Viktor Kumikovning falsafasini tushunib bormoqdamiz. Ancha o'zlashtirib oldik. Kumikovning tajribasi kattaligi bizga foyda berishi mumkin. Gol urgan vaziyatimda Doniyor Abdumannopov to'pni aniq tashlab berdi. To'p kiritishimni ichimdan his qilayotgandim. Bunga o'zimda ishonch bor edi",- deydi Farhod Bekmurotov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar