So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  3 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  4 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  15

Farhod Bekmurodov: "Bunday qilishim kerak emas edi, har qanday jazoga tayyorman. Futbol jamoatchiligidan uzr so'rayman" Yangiliklar

Farhod Bekmurodov: "Bunday qilishim kerak emas edi, har qanday jazoga tayyorman. Futbol jamoatchiligidan uzr so'rayman"

Teglar :  Farhod Bekmurodov
"Andijon" jamoasi kecha o'z maydonida tarixda ilk bor "Bunyodkor"ni mag'lub etishni uddasidan chiqdi.

G'alaba o'z yo'liga. Lekin hozirda barchaning etibori Usmonali Ismonaliev va Muhammadkarim Toirov bilan bo'lgan vaziyatga qaratilmoqda. Mazkur holatda "Andijon" jamoasi yarim himoyachisi Farhod Bekmurodov ham ishtirok etgan bo'lib, yakunda O'zPFL uning harakatlarini O'FA tartib-intizom qo'mitasiga oshirilishini malum qildi. Biz Bekmurodov bilan bog'landik.

"Avvalambor barchani kirib kelgan ramazon oyi bilan tabriklayman. Sihat-salomatlik va xotirjamlik tilab qolaman. Endi mazkur vaziyatga kelsak, o'yinda gol bo'ldi. Men Aziz Asimovning oldiga kelib, pas Temurxo'jadan emas mendan ketganini aytdim. VARni oldiga borib ko'rib o'tirmang, golni hisoblayvering dedim. Bu erda Usmonali va Muhammadkarim turgan edi. Ikkisi bilan birga o'ynaganman, ikkisi ham ukamdek. Faqat bu erda hissiyotlar jo'shib ketdi. Usmonali hazil manosida tepdi. Men javob qaytarmasin degan mazmunda Muhammadkarimga yot dedim. Usmonali hazillashdi, lekin bu harakati sport harakatlariga mos emas. Boz ustiga hakamning yonida. Mening harakatlarim ham noto'g'ri edi. O'yindan keyin ham o'zim ko'rdim. Bu juda yomon holat. O'yin paytida hech narsani sezmadim. Keyin videotakrorni ko'rib xato qilganimni bildim. Hakam Usmonaliga qo'shib Muhammadkarimga ham qizil berib yubormasin degan fikr xayolimga keldi. Videoni ko'rib Usmonalidan ham kechirim so'radim.

Bunday qilishim kerak emas edi, har qanday jazoga tayyorman. Futbol jamoatchiligidan uzr so'rayman",- deydi Farhod Bekmurodov championat.asia saytiga.


VIDEONI KO'RISH

Reyting: -37   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика