Farhod Abdumavlonov: Men Bahodir Ahmedov o'yinlaridan zavq olganman
30 dek 2013 16:29
Yangiliklar

Farhod Abdumavlonov: Men Bahodir Ahmedov o'yinlaridan zavq olganman
Futzal bo'yicha Qozog'iston chempionati Evropadagi eng tez rivojlanib borayotgan milliy birinchiliklardan biri hisoblanadi.
Qozog'iston klublari o'z safiga muntazam ravishda mashhur futzal ustalarini taklif etishi liganing taraqqiy etishiga o'z tasirini, shubhasiz, ko'rsatmoqda. SHu sabab ham o'tgan mavsum Evropa CHempionlar ligasida g'olib chiqqan Qayratning muvaffaqiyatini tasodif deb bo'lmaydi.
Asosan braziliyalik futzalchilarning harakatlari ko'zga tashlanadigan Qozog'iston chempionatida so'nggi ikki yildan beri O'zbekistondan ham legioner o'yinchilar ishtirok etishmoqda. Etiborli tomoni, joriy mavsum o'zbekistonlik futzalchilarga bo'lgan etibor sezilarli oshdi.
Kuni kecha futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi etakchi o'yinchilardan biri Farhod Abdumavlonov bilan suhbatlashdik. Farhod so'nggi ikki yildan beri Qozog'iston chempionatida to'p surmoqda va juda yaxshi taassurot qoldirmoqda. Hozirda Taraz shahrining SKA-Yug jamoasi safida to'p surayotgan Abdumavlonov chempionatda 14ta gol urgan bo'lib, musobaqa to'purarlari poygasida peshqadam – Qayratdagi braziliyalik – Joandan atigi bitta golga ortda qolmoqda.
- Farhod, siz Qozog'iston chempionatida birinchi yil to'p surayotganingiz yo'q. Sizni Qozog'iston chempionatiga to'la moslashib ketdi, deb aytsa bo'ladimi? Har holda, O'zbekiston va Qozog'iston jamoalari o'yin uslubi farq qiladi.
- CHempionatga va umuman mamlakatga moslashish bo'yicha menda hech qanday muammo bo'lgani yo'q. O'tgan yili bir vaqtning o'zida bir necha nafar o'zbekistonlik o'yinchi Olma-Otaning BTA-Futzal jamoasida to'p surdi. Biz o'zimizni juda yaxshi his qilgandik. Qo'shimchasiga, jamoaning o'zida yaxshi va ko'ngilli muhit hukmron edi. Natijada biz chempionatda uchinchi o'rinni egalladik, Kubok bahslarida esa finalga qadar etib bordik.
- O'tgan mavsum bilan hozirgisi o'rtasida farq bormi?
- Jamoalar tarkibi va o'rtadagi raqobat masalasida farq deyarli yo'q. Bu yil musobaqa ishtirokchilari soni kamaytirildi. Endi chempionatda o'tgan yildagi kabi o'nta emas, sakkizta jamoa ishtirok etmoqda. Afsuski, malum sabablarga ko'ra BTA-Futzal chempionatdagi ishtirokini to'xtatdi. SHuningdek, Qirg'izistonning Dordoy klubi ham musobaqani tark etdi.
- BTA-Futzal bilan aynan nima sodir bo'ldi?
- Jamoaning tarqatib yuborilishi aniq sabablarini bilmayman. Umid qilamanki, kelasi mavsum jamoa qayta tilkanadi va u chempionatga qaytadi.
- Qozog'iston chempionatida to'p surayotgan boshqa o'zbekistonliklarning ishtiroki haqida nimalar deya olasiz?
- O'tgan yili o'zbekistonlik legionerlar faqatgina BTA-Futzal jamoasi tarkibida to'p surdi. Bu yil esa bir vaqtning o'zida ikki jamoa o'z safida o'zbekistonlik o'yinchilarni ko'rish istagini bildirdi. Bu – ayni vaqtda men to'p surayotgan SKA-Yug va Aktau shahri sharafini himoya qilayotgan Janao'zen jamoalaridir. O'ylashimcha, ushbu holat O'zbekistonda futzal rivojlanib borayotganidan darak beradi.
- Milliy terma jamoadagi jamoadoshlaringizdan kimlar SKA-Yugda to'p surmoqda?
- Mendan tashqari SKA-Yugda Dilshod Irsaliev va Jamoliddin SHaripov ham bor. O'ylashimcha, bu o'yinchilarni alohida tanishtirib o'tirishning hojati yo'q. Futzal ixlosmandlari bu o'yinchilarni juda yaxshi tanishadi.
- Klubingiz oldiga mavsum uchun qanday vazifalar qo'yilgan?
- Mavsum boshida oldimizga kamida chempionatning sovrinli uchligidan o'rin olish vazifasi qo'yilgan edi. O'ylashimcha, ishga to'g'ri yondashuv va tinimsiz mehnat orqali biz oldimizga qo'yilgan vazifani uddalay olamiz.
- Hozirgi vaqtda jamoangiz chempionatda uchinchi o'rinni ishonch bilan egallab turibdi, siz esa to'purarlar poygasida ikkinchi bo'lib ketmoqdasiz. SHaxsiy ko'rsatkichlaringizga qanday etibor qaratasiz?
- 14ta gol urganimda butun jamoaning xizmati bor. Futzal, xuddi futbol kabi, jamoaviy o'yin. Bu erda ko'p narsa nafaqat menga, balki jamoadoshlarimga ham bog'liq. SHu sabab ham men jamoadoshlarimga minnatdorlik bildiraman, ularsiz shuncha gol urolmagan bo'lardim. Urgan har bir golim men uchun katta ahamiyatga ega. Bundan keyin ham sermahsullik borasida bo'shashmaslikka umid qilaman.
- Siz taqlid qiladigan o'yinchilar bormi?
- U yoki bu futzalchining o'yini menga yoqsa, men undan hamma yaxshi jihatlarni o'rganishga harakat qilaman. O'rganish sportda juda muhim. Bir nuqtada to'xtab qolmaslik kerak. Har doim oldinga intilish va yangiliklarni o'rganish kerak. Balki mening kumirlarim yo'qdir, biroq O'zbekiston terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Bahodir Ahmedovning o'yinlaridan har doim zavq olganman. Baxtimga, men u bilan bir jamoada o'ynashga muyassar bo'lganman va undan ko'p narsa o'rganganman.
- Futzalga qanday kirib kelganingiz haqida so'zlab bersangiz.
- Futzalga 2007 yilda kelganman. O'sha vaqtlarda men haqiqatan ham havaskor edim. Oradan ikki yil o'tib O'zbekistonning ko'p karra chempioni – Ardusga ustozlik qilgan Aleksandr Petrovning etiboriga tushganman. Aleksandr Gennadievich meni jamoaga taklif etgan va shundan beri hayotim futzal bilan bog'langan. Ardusga kelganimdan keyin bir yil o'tib milliy terma jamoadan chaqiruv oldim. Hayotimdagi bu lahzalarni hech qachon unutmayman.
- Suhbat yakunida, faoliyatingiz bilan bog'liq orzuingiz haqida so'zlab bersangiz. Har bir sportchining o'z orzusi bo'ladi...
- Albatta. SHaxsan men O'zbekiston milliy terma jamoasi safida jahon chempionati final bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritib, mundialda yaxshi o'yin ko'rsatishni orzu qilaman. Bizda yaxshi va kuchli jamoa bor. Jamoamiz jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kirita oladi.

Fikrlar