So’nggi yangiliklar

21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  0 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  9 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2

Farhod Abdullaev: “VAR'da ishlash uchun avvalo hakamlarni tayyorlash va o'qitish kerak” Yangiliklar

Farhod Abdullaev: “VAR'da ishlash uchun avvalo hakamlarni tayyorlash va o'qitish kerak”

Bilasizki, O'zbekiston futbol associaciyasi oldida turgan asosoiy vazifalaridan biri keyingi yillarda yurtimizda VAR tizimini takomillashtirish va uni ichki chempionat o'yinlarida tadbiq etishdir.

Bugun shu munosabat bilan“Bunyodkor” stadioni matbuot anjumanlar zalida o'zbekistonlik hakamlar uchun VAR tizimi bo'yicha seminar o'tkildi. Unda FIFA referilari, yosh hakamlar, nazoratchilari ishtirok etishdi. Seminarni tajribali FIFA yo'riqchisi Farxod Abdullaev olib bordi. Unda uchrashuvdagi bahsli vaziyatlarda VAR'dan qanday foydalanish, har bir vaziyatda odilona qaror chiqarish, penalti yoki standart vaziyatlar ustidan qaror chiqarayotganda VAR'ga ehtiyoj sezish kabi mavzularga to'xtalib o'tildi. Tashkil etilgan tadbir yakunida FIFA yo'riqchisi Farxod Abdullaevning fikrlari bilan qiziqdik.

“Mazkur seminar hakamlarni VAR tizimi bo'yicha o'qitishga va ularning bilimlarini oshirishga yo'naltirilgan. Bilamizki FIFA va IFAB bu borada birgalikda ko'plab tadbirlar rejasini ishlab chiqishgan. Bugungi seminar esa uning mantiqiy davomi hisoblanadi”, - deya gap boshladi Farhod Abdullaev.

- Seminar hakamlarni o'qitish va bilimlarini oshirishdan tashqari yana qanday maqsadlarni o'z ichiga oldi?

- Hakamlarga qaysi vaziyatlarda ularning o'zlari qaror chiqarishi, qaysi vaziyatlarda VARdan yordam so'rash lozimligini tushuntirdik. SHuningdek uning qanday holatlarda zarurligi haqida malumot berishga harakat qildik. Masalan, darvozaga kiritilgan golni aniqlash, yoki futbolchini ogohlantirish, chetlatishdagi holatlarda VAR'ning ahamiyati katta. Biz bu borada hakamlar va yordamchi referilarga malumotlar beryapmiz. Mana bugundan ularni o'qitish jarayonini boshladik. O'quv kurslar davomida kim VAR tizimida ishlaydi, kim yordamchi vazifasini bajara oladi barchasini bilib olamiz. So'ng ularga IFAB tomonidan VAR'da faoliyat yuritish uchun licenziyalar beriladi.

- O'zbekisitonlik hakamlar VAR tizimida ishlashga qay darajada tayyorlar?

- Hamma hakamlar bu borada o'qishga, izlanishga tayyor. SHuning uchun bugundan seminarni boshlab yubordik. To'qqiz oy mobaynida ularga o'rgatamiz, o'qitamiz.

- Jahon miqyosidagi uchrashuvlarda hattoki ayrim vaziyatlarda VAR ham yordam bera olamayotganiga guvoh bo'lyapmiz...

- Yuqorida ham takidladim, birinchidan hakamlarni tayyorlash kerak. So'ng ularda ko'nikma paydo bo'ladi. Seminarlar qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi.

- VAR tizimida ishlash uchun akamlar soni etarli deb o'ylaysizmi?

- Hozirda birinchi seminarimizga 60dan oshiq hakamlarni tanlab oldik. Biroq, bir necha seminarlar davomida ularning soni qisqarishi mumkin. Biz faqat eng yaxshilarini tanlab olamiz. VAR licenziyasini hamma ham olmasligi mumkin. Yaxshi hakam degani, yaxshi VAR hakami degani emas.


Abdulaziz Isknadarov suhbatlashdi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика